CHelsi yozda 14 ta futbolchisi bilan hayrlashmoqchi
01 apr 2014 09:32
Yangiliklar


CHelsi yozda 14 ta futbolchisi bilan hayrlashmoqchi
CHelsi maqsum yakunlanganidan so'ng birdaniga 14 ta futbolchisi xizmatlaridan voz kechmoqchi.
"Aristokratlar" hujumchi Samuel Eto’O va himoyachi Eshli Koullar bilan shartnomani uzaytirish niyatida emaslar.
Transferga esa zaxiradagi darvozabonlar Mark SHvarcer va Ilariu, himoyachi David Luiz, yarim himoyachi Jon Obi Mikel, hujumchilar Fernando Torres va Demba Ba kabi futbolchilar qo'yiladi, deya xabar bermoqda London Evening Standard.
Bundan tashqari "CHelsi"ning ijara asosida boshqa jamoalarda o'ynayotgan futbolchilari – Romelu Lukaku, Marko Marin, Viktor Mozes, Rayan Bertran, Gael Kakuta va Josh Makikranlar xam jamoani tark etadilar.
Fikrlar