"CHelsi" va Maunt shartnoma borasida muzokaralarni yozgacha to'xtatishdi
20 fev 2023 15:32
Yangiliklar
"CHelsi" va Maunt shartnoma borasida muzokaralarni yozgacha to'xtatishdi
London klubining shartnomasi 2024 yil yozgacha amal qiladi.
The Athletic"ning yozishicha, yozda va kuzda "CHelsi" Mauntga yangi shartnoma borasida bir nechta taklif yubordi, ammo sportchi ularni rad etdi. Ayni vaqtda Maunt bilan muzokaralar to'xtatilgan. Malum bo'lishicha, yozgacha tomonlar tanaffus olishgan.
Yozda "CHelsi" Maunt bilan yana aloqaga chiqadi. Agar kelisha olishmasa, rahbariyat Meysonni 2024 yil tekinga qo'yib yubormaslik uchun, uni sotib yuborish variantiga o'tadi.
Kelajakda "CHelsi" kerakli futbolchilarining shartnoma muddatini ko'zdan qochirmaslik va ikki yildan kam muddat qoldirmaslikka harakat qiladi.
Mauntning vaziyatini MYU, "Man Siti", "Liverpul" va "Yuventus" kuzatib bormoqda.
Meyson 6 yoshidan "CHelsi" tizimida. U klub tarkibida 191 ta o'yin o'tkazib, 33 ta gol urgan va 31 golli uzatma etkazib bergan.
Fikrlar