"CHelsi" "Milan" o'yinchisi uchun kurashga qo'shildi
10 sen 2021 18:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657131_original.jpg)
![](/upload/storage/657131_220.jpg)
"CHelsi" "Milan" o'yinchisi uchun kurashga qo'shildi
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse hali ham klubi bilan yangi shartnoma imzolamadi.
Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Kessega oldinroq PSJ, "Tottenxem" va "Liverpul" klublari qiziqayotganligi aytilgan edi. Futbolchiga endilikda Londonning "CHelsi" klubi raqobatdoshlaridan ko'ra yaxshiroq shartnoma taklif qilishga tayyor.
"Milan" Kesseni 2019 yilda "Atalanta"dan 24 million evro evaziga xarid qilgan edi. O'yinchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar