So’nggi yangiliklar

02:29Ла Лига. "Реал Мадрид" мавсумнинг илк турида очко йўқотди  15 01:35А Серия. "Рома" меҳмонда "Кальяри" билан дуранг ўйнади, Шомуродов эса...  12 01:08ПРО-лига. 17-тур расмийлари эълон қилинди  0 00:49Максим Шацких: "Бугун биринчи даврадаги қарзимизни қайтардик"  3 00:05Александр Крестинин: "Иккинчи бўлимда жонландик. Ҳали очколар тўплашимизга ишонаман"  0 23:50АПЛ. "Челси" - "Манчестер Сити" 0:2, Ковачич собиқ жамоасини чиройли голи билан жазолади  0 23:35Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:3, Голларга бой бўлган ўйинда "Сурхон" сафарда ғалабни қўлга киритди  0 23:09Февзи Давлетов: "Ғалабага бўлган ишонч бизга натижа келтирди"  3 23:01"Мальорка" — "Реал". Таркиблар маълум  9 22:40Александр Хомяков: "Руҳият билан боғлиқ тизимли инқироздамиз"  20 22:25"Манчестер Сити" меҳмонда "Челси"ни қийинчилисиз мағлуб этиб, янги мавсумни ғалаба билан бошлади  16 22:20Суперлига. "Пахтакор" — "Локомотив" 3:1, "шерлар" биринчи даврадаги мағлубият учун ўч олишди  0 22:06Суперлига. "Пахтакор" "Локомотив"дан биринчи даврадаги мағлубият аламини олди, Абдуманноповдан дубль ва ассист  9 21:54Лига 1. "Ланс" илк турда меҳмонда ғалаба қозонди, Ҳусанов захирадан майдонга тушди!  0 21:30БАА Лига кубоги. Ғаниев ва "Ал Батеҳ" илк ўйинда мағлуб бўлди  2

"CHelsi" mavsumni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

"CHelsi" mavsumni g'alaba bilan boshladi

Angliya chempionatining 1-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv "Bernli" - "CHelsi" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.

Angliya chempionati, 1-tur.

"Bernli" - "CHelsi" 1:3

"Terf Mur" stadioni.

Bosh hakam: Maykl Oliver.

Gollar: Arfild (14), Diego Kosta (17), SHyurrle (21), Ivanovich (34).

"Bernli": Xiton, M. Daff, SHekell, Tripper, Ben Mi, Djons, Arfild, Marni, Teylor (Kigtli, 70), Ingz (Sordell, 82), Yutkevich (Barnes, 70).

"CHelsi"
: "Kurtua, Ivanovich, Keyxill, Terri, Aspilikueta, Fabregas, Oskar (Mikel, 82), E. Azar (Dide Drogba, 84), Matich, SHyurrle (Villian, 78), Kosta.

Ogohlantirishlar: Diego Kosta (31), Sordell (87).


                                    MATNLI TRANSLYACIYA

                                             YANGILASH


Barcha "CHelsi" muxlislarini g'alaba va omadli start bilan tabriklaymiz! Etiboringiz uchun rahmat! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol ishqibozlari! Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha...

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90`
Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

88`
"CHelsi" ikkinchi bo'limda raqib darvozasi tomon aniq zarba berganicha yo'q. Birinchi bo'limdagi "CHelsi"ni ko'rganingiz yo'qmi?

87`
Sordell Jon Terriga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi.

84`
Eden Azar o'rniga Dide Drogba maydonga tushdi.

83`
"Bernli" jamoasi tarkibida so'nggi o'zgarish. Ingz o'rniga Sordell tushdi.

82`
Oskar maydonni tar etmoqda. Uning o'rniga Jon Obi-Mikel tushirildi.

80`
O'yin taqdiri hal etilgan. Qolgan daqiqlarni jamoalar shunchaki o'tkazishmoqda...

78` "CHelsi" safida o'zgarish ruy berdi. SHyurrle o'z o'rnini Villianga bo'shatib berdi.

75` "Bernli" jarima to'pini ayyorona tarzda amalga oshirmoqchi bo'ldiyu, ammo o'zlari adashib ketishdi. Natijada uzatib berilgan to'pga hech kim zarba berishni uddasidan chiqolmadi.

72` O'yin ancha sekinlashib qoldi. Jamoalar tablodagi hisobni his etib o'ynashmoqda...

70` "Bernli" jamoasi tarkibida o'zgarish. Yutkevich o'rniga Barnes va Teylor o'rniga Kigtli tushirildi.

67` Ivanovichning uzatib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

65` "Bernli"ning navbatdagi urinishi besamar ketdi. Mezbonlar tarkibidagi bosh bilan o'ynay oladigan hujumchi ko'rinmayapti. Yutkevich va Ings hozircha ikkinchi qavatda o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmayapti.

63` "CHelsi"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi yakuniga etmay qoldi. SHyurrlening jarima maydonchasi tomon uzatib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi.

61` Yutkevichning noaniq zarbasi va Tibo Kurtua to'pni erkin zarba bilan o'yinga kiritadi.

60` Sesk Fabregas, SHyurrle, Azar, Oskar to'pni bir-birlariga etkazib turishibdi. "Bernli" esa o'z jarima maydonchasi oldida zich joylashib olgan.

57` O'yin tempi birinchi bo'limdagidek emas. Hozircha hammasi asta-sekin davom etmoqda.

55` SHyurrlening jarima to'pidan amalga oshirgan zarbasi noaniq chiqdi.

53` Eden Azar! Qoyil! Bu futbolchini faqatgina qo'pollik evaziga to'xtatib qolish mumkinligini raqib himoyachisi payqab qoldi va shu uslubni tanladi. Jarima to'pi.

52` Burchak uzatib berilgan to'pni Tibo Kurtua ushlab oldi va xavfni yo'qqa chiqardi.

51` "Bernli" jamoasi katta ishtiyoq bilan ikkinchi bo'limni o'tkazmoqda. Hozircha faqat mezbonlar hujum uyushtirishmoqda.

50` TIBO KURTUA! Nihoyat ushbu posbon o'zini ko'rsatishga erishdi. Ajoyib tarzda amalga oshirilgan to'pni katta mahorat ko'rsatib bartaraf etishni uddasidan chiqdi. Qoyil!

49` Translyaciya rejissyorlari Dide Drogbani ko'rsatishdi. Ha, u yana "CHelsi" futbolchisi va Joze Mourino jamoasi tarkibida.

48` "Bernli"ning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi.

47` Ikkinchi taym ham birinchisidek mezbonlarning tezkor hujumi va zarbasi bilan boshlandi. Ingsning tepgan to'pi noaniq chiqdi.

46` Ikkinchi bo'lim boshladi!

45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

44` Birinchi bo'lim tezlik bilan o'tib ketgandek...

43` O'yin biroz tinchlangandek.

41` Branislav Ivanovich maydonga noqulay tarzda yiqildi va shifokorlar tomonidan tibbiy yordam oldi.

39` Joze Mourino jamoasi mavsumdagi ilk uchrashuvini yuqori saviya o'tkazmoqda. "Special one" mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rgani ko'rinib turibdi.

37` "CHelsi" o'tkazib yuborilgan goldan keyin raqibini "g'ajib" qo'ydi.

35` Burchak to'pidan so'ng Branislav Ivanovich raqib darvozasini ishg'ol etid va hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.

34` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IVANOVICH!

33` "CHelsi" burchak to'pi ishlab oldi. Yana bir standart vaziyati.

32` "CHelsi" hujumga tashna. Ular oldinga borishdan charchashmayapti. Joze Mourino jamoasi hozir faqat hujum qilish haqida bosh qotirmoqda.

30` Ha, bu erda Diego Kosta o'z uslubidan foydalanib ko'rmoqchi bo'ldi. Diego Kosta o'zining sevimli ishlaridan biri simulyaciyani ishlatib ko'rdi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

28` "Bernli" ham anoyi jamoalardan emasligini maydonda isbotlashga urinmoqda.

26` Hali aytib o'tganimdek, bugungi uchrashuv APLning 1-turidagi eng qiziqarli o'yin bo'lmoqda. Adashmagan ekanmiz...

23` Golga to'xtaladigan bo'lsak, Fabregas maydon markazidan hujumni boshlab berdi. To'p Azarga kelib tushdi. Belgiyalik hujumchi raqiblarini birin-ketin aldab o'tdi va to'pni qanotdan kelayotgan Ivanovich tomon uzatdi. Branislav jarima maydonchasi chizig'i ostida turgan Fabregasni qidirib topdi. Sesk ko'pchilik zarba beradigan vaziyatda kutilmaganda to'pni bir urinishda SHyurrle tomon tashlab berdi. Jahon chempioni esa to'pga oyog'ini o'z vaqtida qo'ydi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 1:2!

22` O'yin sharhini yozishga ulgurmay qolyapman. Buni to'g'ri tushungaysiz:-)

21` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHYURRLE! GOL EMAS, AJOYIB GOL!

19` Diego Kosta debyut o'yinidayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi.

18` "CHelsi" oldinga borishga majbur demoqchi edim va bu o'z so'zini aytmoqda. Joze Mourino jamoasi tezkor javob qaytara oldi. Mourino esa goldan so'ng uni o'z uslubida nishonlashga ham ulgurdi.

17` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DIEGO KOSTA! Branislav Ivanovichning qanotdan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegdi va Diego Kostaning oyog'i ostiga borib tushdi. "CHelsi"ning yangi sotib olgan hujumchisi bu vaziyatdan unumli foydalana oldi, 1:1!

15` CHap qanotdan rivoj olgan hujum mezbonlar uchun samarali yakunlandi. Qanotdan uzatib berilgan to'pni jarima maydonchasi ichida qabul qilgan Arfild o'zining kuchli zarbasi bilan darvozani ishg'ol qilishga erishdi, 1:0.

14` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ARFILD! Ajoyib zarba va chiroyli gol! Arfildning zarbasini Tibo Kurtur nigohlari bilan kuzatib qoldi xolos...

13` "Bernli" ham hujum qilish kerakligi eslab qoldi chog'i.

12` Burchak to'pi samarali yakunlanmadi. Lekin "CHelsi"ning hujumi uzoq davom etdi. So'nggi pallada qanotdan uzatilgan noto'g'ri pas hammasini chippakka chiqardi.

11` Andre SHyurrle ancha faol. Germaniyalik futbolchi jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.

9` Fabregas maydon markazidan SHyurrlega ajoyib pasni amalga oshirdi. SHyurrle esa jarima maydonchasi ichidan Azarni qidirib topdi. Lekin raqib himoyachilar o'z ishlarini yaxshi bajarishdi va xavfni bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.

7` Bugungi o'yin uyquni bir chetga surib qo'yishga arziydigan darajada boshlandi. Menimcha, birinchi turning eng qiziqarli bo'ayotgan o'yini. Garchi bellashuv endigina boshlangan bo'lsada...

6` O'yin debyuti ancha jonli boshlandi. "CHelsi"ning xavfli hujumiga mezbonlar ham munosib tarzda javob qaytara olishdi. Yutkevichning bu safargi urinishi ham biroz o'xshamadi.

5` Mehmonlarning ilk xavfli hujumi. Jahon chempioni Andre SHyurrlening kuchli zarbasi himoyachiga tegib o'z yo'nalishi uzgartirdi. Sal qolsa tezkor gol ko'rardik.

4` Joze Mourino bugun Diego Kostani hujumda qo'ygan. Uning ortida kuchli "trio" Azar-Oskar-SHyurrle harakat qilmoqda. Dahshatli uchburchak-a?

3` Diego Kosta "CHelsi" safidagi o'zining ilk rasmiy o'yinida o'yin qoidasini buzishga ulgurdi.

2` Dastlabki zarba muallifi Yutkevich. Lekin to'p Kurtua qo'riqlayotgan darvoza tomon aniq bormadi.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI! Demak boshladik...


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Angliya premer ligasi 1-turning so'nggi bellashuvi "Bernli" - "CHelsi" bahsi bo'lib o'tadi. Mazkur o'yindan matnli onlayn reportajimizni boshlaymiz. Joze Mourinoning yangittan tayyorlagan jamoasi yangi mavsumdagi o'zining ilk rasmiy uchrashuvini chempionat debyutantiga qarshi mehmonda o'tkazadi. "CHelsi" muxlislari va umuman Angliya chempionatiga befarq bo'lmagan ishqibozlar uchun ushbu bellashuv sharhini kamina SHahboz Beg'amov yozib boradi.


Uchrashuv soat 00:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика