So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

"Chelsi" Mareska istagandek o'yin ko'rsata oldi, "Barselona" esa o'ziga o'xshamayapti. Kataloniyaliklarning "Stemford Bridj"dagi mag'lubiyati haqida Yangiliklar

"Chelsi" Mareska istagandek o'yin ko'rsata oldi, "Barselona" esa o'ziga o'xshamayapti. Kataloniyaliklarning "Stemford Bridj"dagi mag'lubiyati haqida

Hisob to'liqligicha o'yinni aks ettirdi (mi?).

UEFA Chempionlar Ligasida "Chelsi" va "Barselona" o'rtasidagi to'qnashuvlar har safar o'ziga xos syujeti bilan esda qoladi. Axir Ronaldinoning "Stemford Bridj"da jarima maydonchasiga kiraverishdan, turgan joyidan urgan golini hammamiz hech bo'lmasa bir marta ko'rganmizku, to'g'rimi, yoki Lempardning "Kamp Nou"dagi fantastik golini eslang. 2009 yil, Evrebe bosh hakamligidagi bahs (2:2) hamda Mikael Ballakning dod-faryodi yoki 2012 yil Fernando Torres ishtirokidagi vaziyat?

Bu safar bu bellashuv pley-offning qizg'in pallasida emas, umumiy bosqichga to'g'ri keldi, ammo nimadir bo'lishi kerakdek edi. Hozirgi "Chelsi" va "Barselona" — qaysidir manoda qaytadan qurilayotgan ikki jamoa. Enco Mareska Londonda nisbatan ancha yosh, umidli yigitlar bilan yangi jamoa shakllantiryapti. Xans-Diter Flik Kataloniyaga yangi havo olib kirgani, u bilan esa "Barsa"da ko'rmaganimiz, ultra-hujumkor uslubiga befarq bo'lishning imkoni bo'lmasa kerak.

Afsuski, har ikki klub bu o'inda etakchilari xizmatidan foydalana olmasdi. Pedri jarohatdan to'liq forig' bo'lib, safga qaytib ulgurmadi hamda 23 yoshligini nishonlash uchun Barselonada qoldi, Koul Palmer esa o'z uyida jarohat olib o'tiribdi. Boshqa tomondan bu har ikki tomon uchun yangi chaqiruv, yana bir sinov edi. Flik vaziyatdan chiqish uchun Pedriga markaziy himoyachi Erik Garsiya siymosida o'rinbosar topdi, ispaniyalik dam olish kunlari "Atletik" bilan bahsda o'zini juda yaxshi tomondan ko'rsata oldi. Mareska esa tarkib borasida undan ham ko'proq hayron qoldirdi: Ris Jeyms tayanch zonada, Pedru Netu esa — markaziy hujumchi.

Amalda esa Enconing rejasi ideal tarzda ishladi. 4-daqiqada boshqa Enco — Fernandes — to'pni raqib darvozasi to'riga yo'lladi, lekin hakam Vinchich golni inobatga olmadi — assistent rolidagi Fofana to'pni qo'li bilan o'ziga o'nglab olgan ekan. Agarda javob hujumida Ferran Torresga aniqlik etishganida, balki o'yin butkul boshqa scenariyda ketishi mumkin edi. Ammo, lekin, biroq...

"Barselona" markazda Pedrisiz to'pni o'z nazoratida ushlab turishi qiyin kechdi, Kukurelya o'z qanotida Yamalni "eb qo'ydi", Ferran Torres tanaffusgacha qolgan daqiqalarda yo to'pni yo'qotdi, yoki o'yin qoidasini buzdi. "Chelsi" esa borgan sari o'yinini kuchaytirardi. Ko'p o'tmay, to'p yana Joan Garsiya darvozasiga borib tushdi — qizig'i, hakamlar yana golni bekor qilishdi. Bu safar Chaloba o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi — himoyachi to'p bilan muomalada bo'lmaganiga qaramay, epizodda ishtirok etgandi, barchasi o'rinli.

Mezbonlar to'xtash niyatida emasdi va vaziyat ketidan vaziyat yaratardi. Netu va Fernandesda yaxshi imkoniyat bo'lgan bo'lsa, golni Jyul Kunde urib ketdi — faqat o'z darvozasiga. Jarima maydonchasidagi tushunarsizlikdan keyin franciyalik oyog'ini omadsiz qo'ydi va avtogol muallifiga aylandi. O'yin kartinasidan kelib chiqsak, kutilgan gol kutilmagan vaziyatda urildi — "Barsa" tanaffusgacha faqatgina 1 ta gol o'tkazib yuborganiga xursand bo'lsa ham arziydi, aslida.

O'tgan mavsumdagi "Barsa" 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan bellashuvlarda ham g'alabani ilib keta olardi. Jamoa bu ishni bir necha bor amalga oshirgandi. Jamoa muxlislari bu kecha ham shunday remontada bo'lishiga umid qilayotgan bir pallada, Arauxo "qovun tushirdi". Avvaliga mehmonlar sardori hakam bilan gap-so'z uchun sariq olgan bo'lsa, 44-daqiqada Kukurelyaga nisbatan foldan keyin ikkinchi sariq qizilga aylandi. Uchinchi yilki Ronald Chempionlar Ligasi muhim o'yinida pand bermoqda. Yana tasodifmi?

Ikkinchi bo'limda "Barsa" yanada nochor ko'rindi. Flik o'yinni o'zgartirish uchun maydonga jamoaning mavsumdagi eng sermahsul futbolchilaridan biri Reshfordni tushirdi, leikn Markus ham bu maydonda yo'qolib qoldi. "Chelsi" esa bosimni davom ettirdi va ikkinchi golni rasmiylashtirdi — Garnacho Kundeni "do'konga jo'natvordi" va to'pni Andrey Santosga oshirdi, u esa Garsiyani ranjitdi. Ammo hakamlar vinger o'yindan tashqari holatda bo'lganini qayd etishdi.

Shunga qaramay, ikkinchi gol vaqt masalasi ekanligi sezilib turardi — 18 yoshli Estevao, maydondagi eng faol o'yinchilardan biri, jarima maydonchasiga yorib kirdi, dribling bilan Kubarsini dog'da qoldirib, Garsiyaga ham imkon qoldirmadi. Juda ham chiroyli gol! Braziliyalik APLga ko'chib o'tishidan avvalroq bergan intervyularidan birida "ko'k-anorranglilar" muxlisi ekanligi haqida gapirgandi. Messino laqabi ham ko'p narsani bildiradi. Hayot qiziq, Estevao shu kecha ingliz jamoasiga qarshi ilk bor o'yin o'tkazayotgan Yamalni soyada qoldirdi.

Oxirgi nuqtani esa Liam Delap qo'ydi. Oxirgi vaqtlarda hujumchini ko'p tanqid qilishayotgandi va u gol urishi muhim edi. Qizig'i, hakam yana "Chelsi"ning golini bekor qildi, biroq VAR bu safar londonliklarga yordamga keldi.

3:0 — mehmonlar uchun alamli bo'lmasin, mezbonlar munosib bo'lgan hisob. "Chelsi" oxirgi 5 o'yinda 4-quruq g'alabasi, "Barselona" esa 1/8 finalga chiqmoqchi bo'lsa, boshqa xato qilishga haqqi yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
26 noy 16:52:39
Barca0101 barcelona
barca qorqyapti tramalardan gruhdan oson chiqadi liga chempinov gruppada yaxshi oyin korsatmayapti yana 3 ta odiy qluplar bor ulardi oson yutadi chempionatda yaxshi oynayapti FLIK UZOQTI kozlayapti fanatdoshlar xammasi joyida grupadan chqivoleli tramadagilar qayti pedri qoldi
+1   
26 noy 15:39:42
assassin
Дуконга жунатворди деган жойи зур чикибди
   
26 noy 21:54:01
Амангул Кенжалиева
Барса кайтади бунга ишонинг ечлни олади
   
26 noy 19:54:58
Sho‘rchidan
Otasi messi nimaga faqat messi OT oladi deydi. O‘g‘li barsani mag‘lubiyatini kutib yashaydi. Tirmizak o‘tgan yili barsa realingni rangini chiqarmaganda nimaga birorta maqola chiqarmay, daming ichingda edi. E mishqi. Ota-bola To‘xtamirzayevlar barsa va messiga yaxshigina heyter bo‘volishdi. Mirzaxakim To‘xtamirzayevni sharhiga maza qilaman, hurmat qilaman. Lekin fikrlari va mana bu mishqisi xolis adekvat emas.
   
26 noy 19:31:49
Лутфулла
assassin foydalanuvchining fikriga javob berish
Дуконга жунатворди деган жойи зур чикибди
Қайтимига битта морожный олиб ейсанг деб қушиб қуймабди да
   
26 noy 18:31:37
Seyitnur Arazbayew
Barsa chl da otgan yilgi psg ni qilgan ishini qiladi men ishonaman
   
26 noy 16:47:19
Isroiljon Qosimov
Isroiljon Qosimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Барса бемалол гуруҳдан чиқади,ЭНГ кўпида плейофф орқали...Ҳамма жўжа кузда саналади,хавотир олманглар((((
Баҳорда демоқчийдим((((((((((::::
   
26 noy 16:46:43
Isroiljon Qosimov
Барса бемалол гуруҳдан чиқади,ЭНГ кўпида плейофф орқали...Ҳамма жўжа кузда саналади,хавотир олманглар((((
   
26 noy 15:44:20
Шерали Жўраев⌚️
зўр мақола бўпти, бос газига Омонжон!
   
26 noy 14:59:14
L. YaMaL
Chelsea kecha xar tomonlama Barsani qaqshatdi tan olish kerak. 11-11 xolatda balki natija 3-0 boʻlmas lekin ushandayam yutqazardi. Kechagi Chelsi juda kuchli edi. Barsa oʻziga kelib Pedri tezroq qaytmasa seryozni raqibga kuchi yetmasligi aniqlashib boryapdi. Araxuni faqat Lan ligada oʻynatish kerak. Echl da chichishda davom etyapdi. Qanotlar juda sust. Oʻtgan mavsum aynan Barsa kechagi Chelsi edi juda tez edi bu mavsum tormoz. Keyingi oʻyinlarga omad nimayam derdik
   
26 noy 14:38:16
Aliakbar RM
TOSHQONDIY foydalanuvchining fikriga javob berish
HOZIRGI FUDBOLDA 11 KISHI BOLIP HIMOYA VA HUJUMDA PRESSING QILMASANG , NOMDOR JAMOA BOLASANMI, YULDUZLARGA TOLA KULUB BOLASANMI FOYDASI YOQ, CHOYNAKNI QOPQOG'INIYAM YUTOLMAYSAN ! PSG ,BAVARIYA, CHELSE, BARSA VA ARSENAL BULAR HOZIRGI KUNDAGI PRRESSINGCHI TOP JAMOALAR.
Qizildan oldin 44 minut yutkazyotgan yaxshiroq xujm xam qlmagandiyu. Chelsi kuchli tayalanibdi omadini bersin degan yaxshiroq
   
26 noy 13:25:07
TOSHQONDIY
HOZIRGI FUDBOLDA 11 KISHI BOLIP HIMOYA VA HUJUMDA PRESSING QILMASANG , NOMDOR JAMOA BOLASANMI, YULDUZLARGA TOLA KULUB BOLASANMI FOYDASI YOQ, CHOYNAKNI QOPQOG'INIYAM YUTOLMAYSAN !
PSG ,BAVARIYA, CHELSE, BARSA VA ARSENAL BULAR HOZIRGI KUNDAGI PRRESSINGCHI TOP JAMOALAR.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика