"CHelsi" "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan Tyago Silva va Abraxamsiz qoldi
04 mar 2021 14:40
Yangiliklar
"CHelsi" "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan Tyago Silva va Abraxamsiz qoldi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan optimal tarkib yig'a olmaganini aytdi.
"Kallum [Xadson-Odoi]da muammo yo'q, u kecha jamoa bilan to'liq tartibda shug'ullandi. Tyago Silva jamoa bilan ilk mashg'ulotni o'tkazdi, ammo oxirigacha emas.
Gap unda og'riq bo'lganida emas, biz shunchaki u bilan tavakkal qilishni xohlamadik. U yuz foiz tayyor emas, shu sabab "Liverpul"ga qarshi o'ynamaydi. Temmi Abraxamda kecha to'pig'i bilan bog'liq muammo kuzatildi", - deydi Tuxel.
"Liverpul" va "CHelsi" o'rtasidagi APL 29-tur o'yinin bugun bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar