“Chelsi” klubi xo'jayinlari muxlislarga murojaat qildi

Оқил Абдубарноев
8 iyun 2023, 21:29
Londonning “Chelsi” klubi xo'jayinlari klub rasmiy saytida o'z muxlislariga yo'llagan maktubini e'lon qildi.

"Aristokratlar" o'z bayonotida jamoa o'tgan mavsum muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, biroq oldinga intilishda davom etishini takidlagan. Shuningdek, klub muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bilangina yangi marralarga erisha olishi aytilgan, shu sababli jamoa o'tgan mavsum qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirib, ularni yangi mavsumda yana stadionga qaytishini so'ragan.

2022/23 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, “Chelsi” 44 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 12-o'rinni egalladi. Liganing yangi mavsumi 12 avgust kuni start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: chelseafc.com