"Arsenal" Filippe Koutinoning transferi ustida ishlamoqda
25 may 2020 14:04
Yangiliklar
"Arsenal" Filippe Koutinoning transferi ustida ishlamoqda
Londonning "Arsenal" klubi yozda "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni xarid qilmoqchi.
Ushbu transfer "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning tashabbusi bilan amalga oshishi mumkin.
Koutino 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida "Bavariya"da o'tkazmoqda. "Bavariya" braziliyalik futbolchini 120 million evroga xarid qilish imkoniyatidan voz kechdi. Bundan tashqari, Myunxen klubi o'yinchini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi.
"Arsenal" allaqachon Filippening agenti bilan aloqaga chiqqan va tez orada shartnoma bo'yicha muzokaralar boshlanadi. 27 yoshli xavbekning xizmatlariga shuningdek Londonning "CHelsi" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Koutino joriy mavsum klub darajasidagi barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar