"CHelsi" beshinchi marta Batshuayini ijaraga berib yubormoqchi
14 avg 2021 09:57
Yangiliklar
"CHelsi" beshinchi marta Batshuayini ijaraga berib yubormoqchi
"CHelsi" futbolchisi Mishi Batshuayi yana klubni tark etishi kutilmoqda.
Londonliklar belgiyalik futbolchini yana ijaraga bermoqchilar. Bu safar futbolchi "Beshiktosh"ga yo'l olishi mumkin.
27 yoshli futbolchi turkiyaliklar bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib olgan.
Bu 2016 yildan beri Batshuayining beshinchi ijarasi bo'ladi. O'shanda u "Marsel"dan Londonga ko'chib o'tgandi.
Bu orada Batshuayi "Borussiya D", "Valensiya" va "Kristal Pelas" kabi jamoalarda o'ynab keldi.
Uning "CHelsi" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar