"CHelsi" Barkli bilan xayrlashmoqchi
11 iyu 2020 00:26
Yangiliklar


"CHelsi" Barkli bilan xayrlashmoqchi
Londonning "CHelsi" klubi rahbariyati yozda amalga oshirilishi kerak bo'lgan transferlar xarajatining bir qismini qoplash maqsadida yarim himoyachi Ross Barklini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Takidlanishicha, "aristokratlar" "Lester" himoyachisi Ben CHiluell, "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc va "Leypcig" forvardi Timo Verner bilan shartnoma imzolamoqchi. Barkliga "Nyukasl"dan qiziqish mavjud. Uning ehtimoliy transfer narxi 15 million funtni tashkil qiladi, deb yozyapti ingliz matbuoti.
Malumot uchun, 26 yoshli angliyalik futbolchi 20 o'yinda maydonga tushdi (3 gol va 4ta samarali uzatma).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar