"CHelsi" Alaba borasida muzokaralar olib boradi
27 noy 2020 18:50
Yangiliklar


"CHelsi" Alaba borasida muzokaralar olib boradi
"Bavariya" o'yinchisi David Alabaning agenti Pixi Zaxavi qishda "CHelsi" bilan muzokaralar olib bormoqchi.
O'yinchi shuningdek "Pari Sen-Jermen" klubi ro'yxatida ham bo'lib turibdi. Alaba "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamadi, uning bitimi joriy mavsumning so'nggida yakuniga etadi. Myunxenliklar uni yozda tekinga qo'yib yubormaslik uchun, qishda sotib yuborishlari mumkin.
Avstriyalik futbolchining o'zi faoliyatini La Ligada davom ettirishni qattiq xohlamoqda, ammo pandemiya sabab uning maoshini Ispaniya klublari to'lashi qiyinroq.
David Alaba "Bavariya"da umumiy 398ta o'yinda maydonga tushib, 32ta gol va 49ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar