"CHelsi" 2001 yildan beri Premer-ligadagi eng yomon safar o'yinlari seriyasini qayd etdi
27 fev 2023 02:11
Yangiliklar


"CHelsi" 2001 yildan beri Premer-ligadagi eng yomon safar o'yinlari seriyasini qayd etdi
"CHelsi" yakshanba kuni "Tottenxem"ga qarshi kechgan derbida 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Premer-ligada “nafaqachilar”ning safardagi so'nggi sakkizta uchrashuvini oladigan bo'lsak, jamoa to'rt marta durang o'ynadi va shuncha mag'lub bo'ldi. Safardagi 8 o'yinda g'alaba qozona olmagani jamoaning 2001 yilning mart oyidan beri Premer-ligadagi eng yomon seriyasi sanaladi.
"CHelsi" 11 mart kuni APLdagi navbatdagi o'yinini safarda o'tkazadi. SHu kuni londonliklar “King Pauer”da “Lester”ga qarshi maydonga tushadi.
"Aristokratlar" hozirda APL turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar