“CHelsi” 1 yil deganda APLda ketma-ket 2 ta o'yinda yutqazdi
16 dek 2020 08:50
Yangiliklar


“CHelsi” 1 yil deganda APLda ketma-ket 2 ta o'yinda yutqazdi
“CHelsi” APL 13-turi doirasida safarda “Vulverxempton”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bu Frenk Lempard shogirdlari uchun APL joriy mavsumidagi ketma-ket 2-mag'lubiyat bo'ldi. Avvalgi turda London jamoasi “Everton”ga yutqazgandi (0:1). “Aristokratlar” bilan APLda bunday holat so'nggi bor 2019 yil dekabrida sodir bo'ldi. O'shanda “CHelsi” “Everton” (1:3) va “Bornmut”ga (0:1) yutqazgandi.
Londonliklar ayni damda APLda 22 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar