So’nggi yangiliklar

07:15Пролига. Бугун Тошкентда ўйин бор  0 02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  3 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  2 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  3 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  8 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  24 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  5 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  2 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  1 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  1 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  240

“CHarm to'p-2019”: Respublika bosqichiga qura tashlandi Yangiliklar

“CHarm to'p-2019”: Respublika bosqichiga qura tashlandi

Avval xabar berganimizdek, “CHarm to'p-2019” futbol musobaqasining final bosqichi Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Musobaqaning final o'yinida ishtirok etish uchun jamoalar Toshkentga etib kelishdi. Musobaqa mehmonlarini yuqori saviyadagi tayyorgarlik bilan kutib olish marosimlari tashkil etildi.



Biroz avval “Milliy” stadionning anjumanlar zalida “CHarm to'p-2019” futbol musobaqasining final bosqichida ishtirok etadigan jamoalar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.



Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari O.Kasimov, O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti R.Ermatov, “CHarm to'p” musobaqalari orqali katta futbolga kirib kelgan o'zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, hozirda O'FA qoshidagi Faxriylar kengashi raisining o'rinbosari To'lagan Isoqovlar ishtirok etdi.



Biz bejizga bu turnirni o'tkazish uchun mamlakatimizning bosh arenasi – “Bunyodkor” stadionini tanlamadik, - dedi matbuot anjumanida so'z olgan Oybek Kasimov. – “CHarm to'p” musobaqasi havaskorlar o'rtasida o'tkaziladi. Havaskor darajadagi futbolchilarga milliy terma jamoa azolari to'p tepgan stadionda javlon urish – ularning orzulari ushalishi sari muhim qadam vazifasini o'tab beradi. Ajab emaski, ushbu musobaqadagi ishtirokidan keyin havaskorlarda ham katta futbolchi bo'lish ishtiyoqi tug'ilsa. Qolaversa, o'yinlarni professional hakamlar, qaysiki Superliga, Pro-liga bahslari, qolaversa xalqaro maydonlarda vatanimiz nomini ulug'lab kelayotgan referilarimiz boshqarishadi. Yana bir sirni ochmoqchiman, final o'yinini hozirda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Ravshan Ermatov boshqaradi. SHunday ekan, finalga chiqqan jamoalar maydonda jahon rekordchisi bilan yonma yon harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'ylaymanki, bu ham har bir ishtirokchi jamoaga qo'shimcha shijoat bag'ishlaydi.



Qura natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:

“A” guruhi

1. “Muxoman” (Xorazm)

2. “SHerobod” (Surxondaryo)

3. “G'allaorol” (Jizzax)

4. “CHelachi” (Navoiy)

“B” guruhi

1. “Iqbol” (Toshkent.sh)

2. “O'rikzor” (Samarqand)

3. “Baxrin” (Farg'ona)

4. “Ettiguzar” (Sirdaryo)

“S” guruhi

1. “Oqqamish” (Qashqararyo)

2. “SHodlik” (Toshkent.v)

3. “Nekkeshi” (Buxoro)

“D” guruhi

1. “Do'stlik” (Qoraqalpog'iston)

2. “Yakkatut” (Andijon)

3. “Navkent” (Namangan)


Eslatib o'tamiz, 25 avgustdan Respublika bosqichi boshlanadi. 28 avgust kuni esa final o'yini bo'lib o'tadi.

Yurtdoshlarimizni mamnuniyat ila ushbu musobaqaga taklif qilib qolamiz. Marhamat tashrif buyuring, sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang va futbol bayramidan bahramand bo'ling.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика