So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

“CHarm to'p-2019”. “Muxomon” Respublika bosqichida Yangiliklar

“CHarm to'p-2019”. “Muxomon” Respublika bosqichida

Teglar :  CHarm to'pMuxomon
Yurtimizda yosh avlodni har jihatdan etuk, jismonan sog'lom va barkamol ruhda voyaga etishlari, iqtidor va salohiyatlarini to'la namoyon etishlari uchun keng shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilayotir.

Ayniqsa, bolalar futbolini rivojlantirishga alohida etibor qaratilayotgani kundalik hayotimizda o'z aksini topmoqda.

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga bag'ishlab “Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!” shiori ostida mahallalar yoshlari, xususan, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan havaskor futbolchilardan tashkil topgan jamoalar o'rtasida o'tkazilayotgan “CHarm to'p” ananaviy respublika turniri ana shu say-harakatlar samarasi sanaladi.

Ayni damda, joylarda ushbu turnirning uchinchi bosqichi nihoyasiga etmoqda. Eng kuchli jamoalar so'nggi bosqich ishtirokchisiga aylanmoqda. Buning barobarida, bayramona tarzda uyushtirilayotgan uchrashuvlar futbol ixlosmandlarida katta taassurotlar qoldirayotir.

Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati stadionida tashkil etilgan Xorazm viloyati bosqichi ham bundan mustasno bo'lmadi. Unda vohaning shahar va tumanlari bosqichlarida g'olib chiqqan 11 ta jamoa olimpiya tizimida yashil maydonda o'zaro kuch sinashdi. SHundan, omadli ikkitasi finalda ro'para keldi. Hal qiluvchi uchrashuvda Qo'shko'pir tumanining Xonobod qishlog'idagi “Durdona” mahallasi va Hazorasp tumanining “Muxomon” qishlog'idagi shu nomdagi mahalla yoshlari respublika bosqichiga beriladigan yagona yo'llanma egasini aniqlab olishdi. Bu o'yinda faolroq harakat qilgan muxomonlik futbolchilar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Natijada, “Muxomon” jamoasi avgust oyining uchinchi o'n kunligida poytaxtda o'tkaziladigan “CHarm to'p” turnirining yakuniy bosqichi qatnashchilari safidan joy oldi. Qo'shko'pir tumanining “Durdona” mahallasi jamoasi shohsupaning ikkinchi pog'onasini egallagan bo'lsa, faxrli uchinchi o'rin Xonqa tumanining “Gulg'uncha” mahallasi jamoasiga nasib etdi.

Musobaqaning yopilish marosimida Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov g'olib va sovrindor jamoalarni erishgan muvaffaqiyati bilan qutlab, “Durdona” mahallasining yosh futbolchilariga respublika bosqichida ham omad tiladi. O'z navbatida bu jamoalarga boshqarmaning tegishli darajadagi diplomlari, shuningdek sovg'alar topshirildi.

Kezi kelganda takidlash joizki, Xorazm vohasida “CHarm to'p-2019” turnirining dastlabki bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etilishida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda viloyat futbol associaciyasi bosh-qosh bo'lishdi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика