So’nggi yangiliklar

10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  17 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5

“Championat.asia”da eshik barchaga ochiq! Yangiliklar

“Championat.asia”da eshik barchaga ochiq!

Yani futbolchilar, futbol mutaxassislari va boshqa sohalarda o'z nomiga ega bo'lgan mutaxassislar...


So'ngi paytlarda saytimizda shou-biznes vakillarining chiqishi urf bo'ldi. Lekin ahamiyat bersangiz, ularning barchasi reyting uchun emas, Vatan jamoasiga befarq emasligini, tanqid bilan bir qatorda futbolchilarga ishonishlarini aytib o'tishyapti.

Afsuski, bizda barcha mutaxassislar ham minbarga chiqishni istashmaydi. Futbolchilarni aytmasa ham bo'ladi. Jurnalistikaning oldidagi asosiy muammo ham aslida shunda. Juda ko'pchilik murabbiy va futbolchilar bilan gaplashamiz, intervyu tugagach, yozmay qo'ya qoling, ertaga muammo bo'lmasin menga deyishadi.

Oliy liga o'yinlari, MTJ mashg'ulotlari va boshqalar barchasi bir xildek... Muxlislarga yangilik kerak. SHuning uchun sentyabr oyigacha yangiliklarni shu tarzda berib borishga qaror qildik. Qolaversa, O'zbekiston so'z erkinligiga amal qiladigan davlat. Haqorat bo'lmagan va teran fikrlovchi barcha uchun “CA”ning eshigi ochiq. Marhamat, bo'layotgan tanqidlarga yoki takliflarga ikkinchi tomon kelib o'z fikrini bersin. Bizning maqsad aniq bir kishi yoki tashkilotni tanqid qilish yoki uni erga urish emas. Qars ikki qo'ldan chiqadi. SHunchaki? bazida ikkinchi tomonning fikri ko'rinmayotgani bizning aybimiz emas.

Saytniyu imkon qadar qiziqroq ko'rinish olishi uchun “Stadiondan selfi”, “Legioner muxlis”, “Penalti”, “Ko'chadagi kamera” kabi loyihalarni amalga oshirib kelayapmiz. Yana bir qancha loyihalar mavjud, yo'q emas. Ammo? ular kichik bo'lmagan mablag'ni talab etadi. Bugungi kunda internet jurnalistikasida reklama daromadi katta emas. SHuning uchun imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda sizlar bilanmiz!

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevni OAVga ochayotgan keng yo'li natijasida turli sohalardagi muammolar ham echila boshladi. Bizning maqsadimiz ham sport sohasidagi muammolarni bartaraf etishda o'z ulushimizni qo'shish.



Ayni paytda barcha qatori biz ham terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqishini istaymiz. Murabbiyga teskari bo'lgan ko'pchilik ham bugunda terma jamoani mundialda futbolchilar uchun ko'rishmoqchi. SHuning uchun ham biz ularni qo'llab-quvvatlaymiz. O'zbekiston muxlislar klubi, “Go Uzbekistan” loyihasi mualliflari bilan o'yinga yaqin bir qancha loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

Sizlardan ham terma jamoamiz FUTBOLCHILARINI qo'llab-quvvatlab qolishni va fikrlar bo'limida odob-axloq normalariga amal qilishlaringizni so'rab qolgan bo'lardik. Tez kunda fikr qoldira olmayotgan aksar o'quvchilar uchun yaxshi xabarni elon qilamiz!

Bugungi kunda futbol OAVda faoliyat olib borayotganlardan Xayrulla Xoliqov va Diyor Imomxo'jaev kabi jurnalistlarning “CA”dagi chiqishi ko'payib qoldi. Bu ham eshikning barcha uchun ochiqligidan dalolat. Afsuski, sohamdagi yo'nalishni biroz o'zgartirganim uchun o'zimda maqola yozish uchun deyarli vaqt bo'lmayapti. Yaqinda Rauf Inileev “Butun faoliyatimni olib aytadigan bo'lsam, sport internatida ishlagan yillarimni juda sog'inaman”, deb o'tdi. Men uchun ham “CA”ni shakllantirishga ketgan vaqtimni, o'z faoliyatimdagi eng yaxshi yillardan biri bo'lgan deb ikkilanmay aytaman. Barchangizni hurmat qilgan holda Sizlarga oilaviy totuvlik tilayman!

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика