Championat.asia saytining yil murabbiyi va futbolchisi so'rovnomasida bergan ovozlari yoxud gazetalar diqqatiga

Narzulla Saydullayev
29 apr 2017, 12:19
Kecha O'FF 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov O'zbekistondagi OAV vakillari orasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra mamlakatning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2016 yilning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasida Qarshining “Nasaf” futbol klubi ustozi Ro'ziqul Berdiev g'olib bo'ldi. 

Saytimiz xodimlari ham ushbu so'rovnomada ishtirok etib o'z ovozlarini berishgandi. Quyida ushbu ovozlar bilan tanishing.

O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyiga ovoz.
Futbolchilar:

1.Odil Ahmedov
2. Aleksandr Geynrix
3. Temurxo'ja Abduxoliqov

  Murabbiylar:
1.  Ro'ziqul Berdiev
2.  Jasur Abduraimov
3.  Rustam Mirsodiqov


P.S.Gazeta va boshqa bosma nashrlar diqqatiga! Kecha O'FF tomonidan berilgan xabarda futbolchilar uchun yuborilgan ovozlar texnik xatolik tufayli aralashib ketgan ekan. Bugun tongda ushbu xatolik to'g'rilandi va barcha tashkilotning eng yaxshi futbolchini aniqlash bo'yicha ovozlari to'g'rilandi. Quyidagi HAVOLA orqali so'rovnomaning yakuniy holatini ko'rib olish mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia