So’nggi yangiliklar

08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  3 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  8 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0

Championat.asia jamoasidan o'quvchilarga ochiq xat Yangiliklar

Championat.asia jamoasidan o'quvchilarga ochiq xat

Ko'pchilik o'quvchilardan kelib tushayotgan savollarga javob sifatida shuni malum qilamizki – championat.asia sayti o'quvchilar fikrlarini yopib, faqat ro'yxatdan o'tgan o'quvchilar uchun ko'rinadigan qilishga majbur bo'ldi.

Bunga  bazi kommentariyalarda uchraydigan HAQORAT hamda  SO'KINISH  va buning natijasida saytimizga kelib tushayotgan etiroz va talablarning kuchayishi sabab bo'lmoqda.

Xurmatli o'quvchilar, biz konstituciyamizda belgilab va kafolatlab berilgan SO'Z ERKINLIGIni  asosiy tamoyil sifatida qabul qilamiz, va xar qanday sharoitda ham yurtimiz futboli sohasida  holis malumot berishga, fikr almashishga, shaffoflika amal qiladigan sayt yaratishda davom etamiz va siz o'z SHAXSIY FIKRINGIZNI bildirish imkoniyatini iloji boricha doim SAQLAB QOLISHGA  vada beramiz.

SHunday  bo'lsada, sizdan  katta ILTIMOS championat.asia saytida fikr yozishdan avval shartnomamiz bilan yaxshilab tanishib chiqing va har bir aytilayotgan so'z uchun SHAXSIY MAS'ULIYATNI bo'yningizga oling. O'zbek tili juda boy til – uning boyligini suistemol qilmang )))

Haqoratli va nojo'ya so'zlarni boshqa, saytga jabr tegdirmaydigan so'zlarga almashtirib yozish, qoldirayotgan fikringiz o'qiyotgan odam xafa bo'lishi uchun emas, xatosini anglab o'zgarishni istashi uchun xizmat qilsin.

Biz esa o'z navbatda foydalanuvchilarning fikri – tanqidiy eki boshqa bo'lishiga qaramasdan, tahririyat fikriga tug'ri kelmasa xam uni chop etishga vada beramiz  - faqatgina bizni tushunsangiz va bizning qoidalarimizga amal qilsangiz  bo'lgani. Yodingizda bo'lsa bundan ancha oldin o'quvchilar uchun amnistiya elon qilingan, yani barcha bloklangan o'kuvchilar qora ro'yxatdan chiqarilgan, hammaga birdek fikr qoldirish imkoniyati yaratib berilgan, cenzuraning har qanday xattoki kichkina ko'rinishi ham olib tashlangan edi! Yani, o'rinli va xurmat bilan izoh etilgan tanqid uchun biz hammaning oldida sizni qo'llab-quvvatlay olamiz va siz uchun turib beramiz.

Championat.asia faqatgina o'z ishini yaxshilashga, futbolni yoritishda NUMBER ONE sayt bo'lishga , tezkor yangiliklar, eng yaxshi foto, eng kuchli tahliliy maqolallar taqdim etishga imkon bo'lishi tarafdori.

Etiboringiz  uchun raxmat,
Championat.asia jamoasi

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика