So’nggi yangiliklar

18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  1 18:02"Кремонезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 17:26"Истиқлол" — "Гол Гохар". Машарипов қайтди  1 17:00"Дибба" — "Ал Васл". Таркиблар маълум  0 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  2 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  5 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  9 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0

" Cementchi " - "Norin". Prevyu Yangiliklar

" Cementchi " - "Norin". Prevyu

Barchamiz orziqib kutgan birinchi liga uchrashuvlarining ikkinchi davra bahslari boshlanishiga xam bor yo'g'i bir kun qoldi.

Ertaga barcha birinchi liga vakillari o'zlarining ikkinchi davradagi dastlabki turini o'tkazadi.  Jamoamiz  "Cementchi" esa ushbu tur doirasida Xaqqulobodning  “Norin” jamoasini qabul qiladi.

Ushbu jamoa bilan birinchi davrada uchrashib ular xaqida malumot berib o'tganimizga xali hech qancha vaqt bo'lmagan bo'lsada bo'lajak raqiblarimiz xaqida yana bir bor yodingizga solib o'tishga qaror qildik.

“Norin”  jamoasi 2015 yilda tashkil etilgan bo'lib, 1-liga bahslarida 2016 yildan ishtirok etib kelmoqda. Birinchi davra uchrashuvlarida xaqqulobodliklar munosib ishtirok etib musobaqani kuchli 6-pog'onada yakunladi. Davralar oralig'ida esa bosh murabbiy Vali Keldiev jamoani yanada kuchaytirib olishga erishdi deyish mumkin. Davralar oralig'idan unumli foydalangan raqiblarimiz Farg'onaning “Istiqlol” yarim ximoyachisi Jamshid Xoshimov,  va jamoamiz safida to'p tepgan futbolchi SHoxjahon Abbosov va yosh yarim ximoyachi Fayzullo Jumanqo'zievlar ikkinchi davradan “Norin” jamoasi tarkibida to'p tepadigan bo'ldi. Takidlash joizki SHoxjahon Abbosov 17-turda Xaqqulobodda o'tgan uchrashuvda jamoamiz “Cementchi” tarkibida maydonga tushib “Norin” darvozasiga to'p kiritgan edi. Yakunda uchrashuv esa 2:2 hisobidagi durrang bilan yakunlangan.

“Norin” va “Cementchi” jamoalari o'zaro rasmiy uchrashuvlarda 4 marotaba to'qnash kelishgan.

2016 yil O'zbekiston birinchiligi

 11-tur. 22-may (juma)

Cementchi  (Quvasoy) - Norin (Xaqqulobod) 2:0

Gollar: Rahmatulla Meliboev (27), Sardor Sotivoldiev (52),

2016 yil O'zbekiston birinchiligi

26-tur. 15 sentyabr (shanba)

Norin (Xaqqulobod) - Cementchi (Quvasoy) 1:0

Gol: Davron Mamatov (85 avtogol),

2017 yil Fargona viloyati xokimi kubogi "A" guruxi

 1-tur uchrashuvi. 27-yanvar (juma)

Cementchi  (Quvasoy) - Norin (Xakkulobod) 0:1

Gol: Umarbek Tuxtasinov (27),

2017 yil O'zbekiston birinchiligi

17-tur. 23 iyun  (juma)

Norin (Xaqqulobod) - Cementchi (Quvasoy) 2%2

Gollar: Boxodir Murtazoev 22, 51, SHoxjahon Abbosov 72, Abdul Aziz Yusupov 87 


Jamoalar o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv ertaga 10 avgust payshanba kuni Quvasoydagi markaziy “Cementchi”  o'yingohida bo'lib o'tadi.  Uchrashuv soat 17:00 da boshlanadi!

Barcha muxlislarni ushbu qiziqarli bahsga taklif etamiz!


"Cementchi" jamoasi matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov tayorladi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика