So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  9 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

"Cementchi" muxlislarni stadionga chorlaydi Yangiliklar

"Cementchi" muxlislarni stadionga chorlaydi

Xurmatli futbol muxlislari, barchalaringizni 24 oktyabr seshanba kuni Quvasoy shahrining “Cementchi” o'yingoxiga taklif etamiz.

SHu kuni O'zbekiston birinchiligining muddatidan oldingi chempioni bo'lmish “Cementchi” jamoasi o'z maydonidagi o'zining eng so'nggi uchrashuvini Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi o'tkazadi! 

Ushbu uchrashuvga Respublikamizning futbolga aloqador bo'lgan rasmiy insonlari, Viloyat Futbol Federaciyasi raxbarlari, Viloyat va shahar hokimligi vakillari, viloyatimiz va shahrimizning mutassaddi rahbarlari bilan birgalikda O'zbekiston milliy teleradiokampaniyasi hodimlari, barcha OAV vakillari muxbirlari va mamlakatimizning eng mashxur xamda eng ommaviy internet saytlari xodimlari tashrif buyuradilar. 

Uchrashuv avvalida badiiy chiqishlar va xushovoz xonandalar tomonidan tayorlangan madaniy tadbir bo'lib o'tadi. 

Uchrashuvdan so'ng, O'zbekiston birinchiligining mutloq chempionlarini taqdirlash marosimi hamda muxlislar ishtirokida ajoyib o'yinlar o'tkazilishi rejalashtirilmoqda! O'yin ishtirokchilariga va stadionga tashrif buyurgan muxlislarga klub mamuriyati va shahar hokimligi tomonidan ko'plab sovg'alar tayorlanmoqda! 

Jamoamizning mana shunday tarixiy kunida barcha muxlislar uchun o'tkazilishi rejalashtirilayotgan futbol bayramiga shahrimiz aholisi bilan birgalikda viloyatimizning barcha futbol muxlislarini, Qo'qon, Rishton, Marg'ilon, Quva, Oltiariq, CHimyon, Vodil xullas, viloyatimizdagi barcha futbol muxlislarini ushbu bayram kechasiga taklif etamiz!  SHahrimizga tashrif buyurgan barcha  mehmonlarimiz uchun stadionlarimiz  eshiklari ochiq ! 

Stadionga kirish bepul!


"Cemenchtchi" matbuot xizmati

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика