So’nggi yangiliklar

12:07Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди  138 11:31Рэшфорднинг агенти "Барселона" спорт директори Деку билан учрашди  3 10:56"Бунёдкор" Анталияга қандай таркиб билан йўл олди?  3 10:30Эшитдик-да! "Локомотив" билан шартнома қилган футболчилар Суперлигага қайтмоқда   13 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Қатар билан ўйнайди  0 09:35Тошкент клуби футболчиси "Қизилқум" сафига бориб қўшилди  1 09:10"Андижон" Туркияда 9 та назорат учрашуви ўтказади. Рақиблар орасида Норвегия жамоаси бор  1 08:30Про лига тўпурари клуби билан келишувни узайтирди  0 08:00Санъат Шихов "Бунёдкор" U-21 жамоасида иш бошлади  3 07:30"Навбаҳор"дан кетган футболчи Баҳрайн клуби билан шартнома имзолади   2 03:05ЕЧЛ. "Атлетико" "Байер" устидан иродали ғалаба қайд этди, "Ливерпуль" эса "Лилл"дан устун келди ва бошқа натижалар  11 03:00ЕЧЛ. Лиссабондаги ёмғирли драмада "Барселона" фантастик камбэк қайд этди!  210 01:20Жалолиддин Машариповнинг қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  14 00:52ЕЧЛ. "Аталанта"дан йирик ғалаба, "Монако" эса "Астон Вилла"ни мағлубиятга учратди  6 00:44Пеп Гвардиола: "Ҳусанов АПЛда ўйнашга тайёр. ЕЧЛда эса плей-оффга чиқиб олишимиз керак"  5

CAFA Nations Cup. Eron O'zbekistonni mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylandi Yangiliklar

CAFA Nations Cup. Eron O'zbekistonni mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylandi

CAFA NATIONS CUP turnirining final bahsi yakunlandi.

O'zbekiston - Eron 0:1

20 iyun | 20:30

Gol: Sardor Azmun, 48 (0:1)

O'zbekiston - 1. O'tkir Yusupov, 2. Hojiakbar Alijonov (23.Jasur Yaxshiboev, 90), 4. Farruh Sayfiev, 7. Otabek SHukurov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (26.Abbosbek Fayzullaev, 71), 11. Oston O'runov, 13. SHerzod Nasrullaev (25.Xojimat Erkinov, 78), 14. Eldor SHomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 18. Abdulla Abdullaev.

Zaxiradagilar: Abduvohid Nematov, Botirali Ergashev, Abduqodir Xusanov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Azizbek Turg'unboev, Akmal Mozgovoy, Dilshod Saitov, Bobur Abduxoliqov, Jamshid Iskanderov.

Eron - 1. Alirizo Beyranvand (12. Said Niyozmand, 11), 3. Exson Xoji Safi, 6. Said Izzatulloxi, 8. Murtazo Puraliganji, 9. Mexdi Taremi, 13. Muhammad Kanani, 15. Ruzbex CHeshmi, 17. Mexdi Gaedi (11. Vohid Amiri, 46), 18. Muhammad Muxebbi, 20. Sardor Azmun (5. Said Karimi, 75), 23. Ramin Rezaiyan.

Zaxiradagilar: 2. Sodiq Muharrami, 10. Amirxussayn Xussaynzoda, 14. Rizo Asadi, 16. Mexdi Torabi, 19. Said Majid Xussayni, 21. Omid Nurafkan, 22. Xussayn Purxamidi, 24. Said Mexri, 25. Alirizo Alizoda.

Ogohlantirish: Odil Hamrobekov (39), Mexdi Taremi (42), Ramin Rezaiyan (89), Muhammad Kanani (90), Otabek SHukurov (90)

CHetlatish: Muhammad Kanani (90)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Afsuski, yana Eronga mag'lub bo'ldik. Hechqisi yo'q, ularga birinchi marta yutqazishimiz emas. Forslar musobaqa g'olibiga aylanishdi. Terma jamoamizga esa keyingi o'yinlarda muvaffaqiyat tilab qolamiz. Asosiy turnirlar hali oldinda. Aytgancha, chekish sog'liqqa zarar etkazadi. 

90. Ikkinchi bo'limda etarlicha to'xtalish bo'lganiga qaramasdan hakam 5 daqiqa qo'shib berdi. U aeroportga shoshayotgan ko'rinadi.

90. Maydonda ur-to'polon boshlanib ketdi. Maydondan chetlatilgan Muhammad Kanani barchasiga sababchi bo'ldi.

89. Hakam shirin xayollar og'ushiga berilib, jarima zarbasini berishni unutib qo'ygan Rezaiyanning xayolini joyiga qaytarib qo'ydi.

86. Hamyurtlarimiz ketma-ket hujumlar tashkil etishmoqda, ammo kreativlik etishmayapti. Menimcha, Jamshid Iskanderov shunday futbolchi edi.  

82. SHomurodovning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. Muxlislardan biri esa hakamga samimiy dil izhorini yo'lladi. Mantiq left grup.

78. Terma jamoamiz tarkibida o'zgarish: Hojimat Erkinov Nasrullaevni almashtirdi.

75. Eron tarkibida o'zgarish: Gol urgan Azmun o'rniga Said Karimi maydonga tushirildi.

Bugungi uchrashuvga 34000 tomoshabin tashrif buyuribdi.

74. Fayzullaev o'zini ko'rsatishni boshladi. Uning chap oyoqda yo'llagani zarbasini raqib posboni egallab oldi.

71. O'zgarish: O'zini ko'rsatishi kutilgan Masharipov o'rniga muxlislar ishonchini qozonayotgan Abbosbek Fayzullaev maydonga tushirildi.

68. Tomoshabinlar "Abbos, Abbos" deya baqirmoqda.

66. SHomurodovni birga-bir vaziyatga chiqqan vaziyatda biroz avval darvozabonimizga nisbatan qo'pollik esiga tushib qolib, o'yinni to'xtatgan hakamdan boshqa barchaga maroqli hordiq chiqarishni tilayman. 

64. Raqib futbolchilaridan yana bir xavfli zarba bo'lganini ko'rishga ulgurmagan bo'lsam-da, tomoshabinlarning reakciyasidan sezib oldim. Har holda peshonamdagi ajinlar soni bittaga ortmaganidan xursandman.

60. SHomurodovning pasidan keyin ikki futbolchimiz to'pni sen ol, men ol deguncha koptok maydon ortidagi bolakayga nasib etdi. 

58. Eronlik futbolchi to'p bilan bir xil rangdagi raqibining uzun paypog'ini adashtirib qo'ydi.

56. To'rtburchak maydonning uchburchak qismidan standart amalga oshiriladi.

50. O'runov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo u to'pni tepaman deguncha iyun oyi ham poyoniga etib qoldi.

48. Gol. Sardor Azmun hisobni ochdi. Tanaffusdan hali stadionga qaytmagan tomoshabinlardan boshqa barchaning kayfiyati o'zgardi.

47. Yusupov o'zining eng chiroyli seyvlaridan birini amalga oshirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Eron tarkibida o'zgarish: Mexdi Gaedi o'rniga Vohid Amiri maydonga tushirildi.

Eminemning mashhur taronasi ostida jamoalar maydonga qaytishdi. Muxlislar sotib olgan chipta puli haqqi ikkichi bo'lim hech bo'lmaganda bitta gol kutib qolamiz. 

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+7. SHomurodovning zo'r pasidan keyin O'runov qanotdan oldinga bordi, ammo lekin biroq so'nggi pallada raqib himoyachisini aldashga qurbi etmadi.

45. Birinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

44. SHomurodoooooovvvvv... O'runovning pasidan keyin terma jamoamiz sardorining zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

42. Taremi hujumda Abdullaevga nisbatan Lyu Kang usulini qo'llagani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

41. Rezaiyan bizni xursand, hamyurtlarini xafa qiladigan zarba yo'lladi. 

39. Yaqin masofadan darvozamiz tomon xavfli jarima zarbasi belgilandi. Keling, ko'zlarimizni yumamiz va nima bo'lishini kuzatamiz.

37. Eronliklardan xavfli zarba! Tanaffusda imkoni bo'lsa o'rik sharbatidan ichib olishni tavsiya qilaman.

33. Biroz avval o'z jamoasiga darvozaboniga Zidan uslubini qo'llab, uni zaxira o'rindig'iga yo'llagan hamda shifokorlar tomonidan "brilliant bosh" sohibi bo'lgan Izzatulloxi yana tibbiy yordam olishga majbur bo'lmoqda. Katta ehtimol u ham Beyranvand yonidagi skameykadan joy oladi.

32. To'p bir qarasa, maydonning  u yarmiga, bir qarasa, bu yarmiga sargardon bo'lmoqda. O'rtada bo'ynim og'rigani qoldi.

30. Futbolchilar chanqoqlarini qondirib olishmoqda. Mening yonimdagi suvidishni esa kimdir olib ketib qolganga o'xshaydi. Nachora.

28. Alijonov qanotda raqibining oyoqosti yo'lidan to'pni o'tkazdi, biroq eronliklar uning oxirgi manzilgacha borishiga yo'l qo'ymadi.

26. SHomurodovning finti chiroyli bo'ldi, ammo uning pasiga sherigi ulgurmagani chiroyli bo'lmadi.

22. SHomurodovning raqib bilan kurashidan keyin Puraliganji to'pni qidirish bilan ovora bo'ldi, hujumchimizning pasiga esa sherigi etolmadi.

19. Said Niyozmand ikkinchi posbon bo'lishiga qaramay, O'runovning ajoyib zarbasini xuddi shunday sifatga loyiq tarzda qaytardi. 

18. Xussaynzoda maktabda jismoniy tarbiyada fanidan yugurish bobida 5 bahoga o'qigan ekan, ammo bu maqtovlardan keyin to'p qolib, o'zi maydonni tark etdi. 

14. O'runovning uzatmasidan keyin eronlik himoyachi to'pni muxlislar tomon yo'lladi.

12. Gol! Sardar Azmun Abdullaevning xatosidan keyin kechirimli futbolchi emasligini ko'rsatib qo'ydi. Ammo baxtimizga o'yindan tashqari holat qayd etildi.

11. Majburiy o'zgarish: Alirizo Beyranvand uchun o'yin yakunlandi, Said Niyozmand qolgan daqiqalarda o'zi qo'riqlayotgan darvoza to'rlariga ozor etkazmaslikka harakat qiladi. 

6. Yo'q, Eron posbonining o'zi nokdaun holatga tushidi. Raqibimiz bo'lsa ham, unga salomatlik tilaymiz.

5. Beyranvanddan yaxshi bokschi chiqarkan. U to'pni qaytarish chog'ida bir zarba bilan ham to'pni, ham sherigini nokdaunga uchratdi.

4. Eronliklar murabbiyning raqibga qarshi kurashish kerak degan so'zlarini chin manoda tushungan ko'rinadi.

2. Ilk hujumimizdan xavfsiragan mehmonlar qo'pollik ishlatishdi. Masharipov esa jarimadan ko'cha futbolida yutqazgan jamoani devor qilgan holda jazolaydigan harakat amalga oshirdi.

1. Stadiondagi dastlabki hushtak bundan ancha avval tomoshabinlar tomonidan chalinib bo'ldi. Haqiqiysi esa hozir hakam tomonidan ijro etildi va o'yinga start berildi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun terma jamoamiz oq, eronliklar qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Salomim so'lim-so'lim, noutbukda ikki qo'lim. Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Havo harorati bir necha kilogramm vazn tashlashga majbur qilishiga qaramasdan, milliy terma jamoa ishtirokidagi o'yinga befarq bo'lmayotganingiz etirofga loyiq.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика