So’nggi yangiliklar

17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  4 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  36

"CA" o'quvchilarining diqqatiga Yangiliklar

"CA" o'quvchilarining diqqatiga

Bugungi kunda saytimizdagi bazi o'zgarishlar haqida to'xtalib o'tishni maqul ko'rdik.
Saytimiz 2010 yilning so'nggi oylarida rasman o'z faoliyati boshladi. Bugungi kunda reyting jihatdan yuqori o'rinni egallamayotgan bo'lsakda, aksar mutaxassislarimizni o'zimizga qarata oldik. Yil so'nggida turli tadbirlarda ishtirok etdik. Deyarli barcha klub mehmoni bo'ldik. Gap aslida bunda ham emas. Bizning mehnatimiz ular tomonidan ilq kutib olinayotganligi va bazi tanqidlarimizga qaramay bizga bo'lgan munosabatlari o'zgarmaganligidan xursandmiz. Agar tanqid zamirida biroz asos yotsa, ishonavering, biron bir mutaxassis siz haqingizda yomon fikrga bormaydi. Bugun "CA"ni mana shu hislati uchun ham ilq gaplarni eshityapmiz.

SHaxsan men esa "CA"ni bugungi o'quvchilari bilan faxrlanaman. To'g'ri orada adashib ro'yxatdan o'tib qolganlar bo'ladi. Ammo qisqa daqiqalar ichida ularning faoliyatiga nuqta qo'yamiz. CHunki sayt xodimlari tunu-kun tartibni saqlashga jiddiy bel bog'laganlar.

Bazan o'quvchilar etiroz bildiradilar. "Nima uchun meni blok qildingiz, nima uchun uni ham blok qilmadingiz?".
Javob esa shunday. Biron kishini blok qilishdan avval biz voqea rivoji aslida qanday tus olganligini bir boshdan o'qib o'rganib chiqamiz va kim birinchi haqoratli so'z yoki atrofidagilarni haqorat qilishga majbur qiladigan gaplarni yozgan bo'lsa o'sha o'quvchi blok bo'ladi. O'sha o'quvchi bilan bo'lib o'tgan aytishuvning birontasi qoldirilmay o'chirib tashlanadi.

Endi saytda "CA.Police" niki ishga tushiriladi. Bu nik fikr qoldirish jarayonida bo'lgan tartibsizliklarni oldini oladi. Diskvalifikaciya yoki butunlay blokka tushgan o'quvchini nima uchun jazolanganligini o'sha xabar ostiga izoh sifatida keltirib beradi.

"CA.Police" sayt xodimlari tomonidan boshqariladi. Agar urush janjal bironta biz bilmagan xabar ostida bo'layotgan bo'lsa, u holda saytimizning faol o'quvchilari "CA.Police"ni chaqirishlarini so'rar edik.

Bugungi kunda ko'plab mutaxassislar saytimizdagi fikrlarni ham o'qib borishlarini aytishyapti. So'nggi paytlarda o'quvchilarimiz tomonidan maqolalarning ostida turli mazmundagi tanlov yoki suhbatlarni ko'ryapmiz. Avvalo bu sayt o'quvchilarining axilligidan dalolat. Ana shu ananani saqlab qolgan holda, bunday chat ko'rinishidagi suhbatlarni faqat xorij xabarlari ostida o'tkazishingizni so'raymiz. O'zbek futboliga oid maqolalari ostidagi fiklar faqat o'sha mavzuga oid bo'lsin. SHunda sizning mavzuga oid fikringiz o'z tasir kuchini yo'qotmaydi. Balki sizning fikringiz biron-bir kishiga yordam berar, ammo chat ko'rinishiga kelib qolgan ko'plab fikrlar aksar hollarda kishini shunchaki boshqa sahifaga o'tib ketishiga majbur qiladi. SHuning uchun qizg'in suhbatlaringizni imkon qadar xorij futboliga oid yangiliklarda davom ettirsangiz xursand bo'lar edik.

Siz bizlar bilan, biz siz bilan! "CA"da sara yangiliklar!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика