"CA" ijodiy guruhi BAAdagi eng muxtasham stadionda FOTO
11 jan 2019 18:50
Yangiliklar


"CA" ijodiy guruhi BAAdagi eng muxtasham stadionda FOTO
Kechadan ikkinchi tur bellashuvlariga start berilgan.
Kyrgyzstan |
Asian Cup Grp. C . 2-tur 11/01/2019, 21:00 1
:
0
Tugadi
|
South Korea Min-Jae Kim - 41' |
Stadion: Hazza Bin Zayed Stadium, 4893 tomoshabin
Bugun "Championat.asia" ijodiy guruhi ikkiga bo'lindi. Birinchi guruh (Kamoliddin Alimov, Xayrulla Xoliqov, Nodirxo'ja Yuldashev, Narzulla Saydullaev, Zoir Tursunboev, Jasur Aslanov) Dubayda qoldi va "Rashid stedium" o'tkazilgan Falastin - Avstraliya (0:3) uchrashuvini imkon qadar yoritib borishdi. Bundan tashqari, O'zbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashg'ulotini yoritish ham birinchi guruh zimmasida.
Ikkinchi guruh esa Al Ayn shahriga yo'l oldi. Gayrat Xasbiullin, Tolibjon Qosimov, SHahboz Beg'amov va UEFA xodimi hamda "CA"ning Evropadagi muxbiri hisoblangan Miron Goyxmann janoblari BAAdagi eng muxtasham stadion bo'lmish "Hazza Bin Zayed"ga tashrif buyurdi.
Bugun ushbu arenada Qirg'iziston - Janubiy Koreya bahsi bo'lib o'tadi. Qo'shnilarimiz va Osiyoning eng kuchli jamoalaridan birining to'qnashuvini o'quvchilarimiz uchun yoritib borishga harakat qilamiz. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 (maxalliy vaqt bilan 20:00)da start oladi.
Bu "Hazza Bin Zayed" stadionidagi media markaz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar