So’nggi yangiliklar

00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:20"Интер" — "Урава Ред Даймондс". Таркиблар маълум  1 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  14 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

Srechko Katanec: "Faqat yuguraverishning foydasi yo'q, aqlni ham ishlatish kerak" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Faqat yuguraverishning foydasi yo'q, aqlni ham ishlatish kerak"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va futbolchi Odiljon Hamrobekov JCH-2026 3-saralash bosqichi 2-turi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.



"Barchaga salom. Tayyorgarligimiz har doimgiday o'tdi. Ertangi uchrashuvga tayyormiz. Maydon holati qanday ekanligidan xabarim yo'q. Afsuski, maydon tabiiy qoplamali emas. Bunday holat bilan oldin ham to'qnash kelganmiz. Biz o'z maqsadimizni bilamiz – Jahon chempionatiga chiqishni xohlaymiz. Iliq kutib olganingiz uchun katta rahmat va ayniqsa, milliy qalpoqcha uchun", – dedi Katanec.



"Barchaga salom. Yigitlar nomidan kechagi mehmondorlik uchun tashakkurlik bildiraman. Ushbu bosqichga kuchsiz jamoalar chiqa olmaydi. Ertaga maydonga biz ham, raqib ham g'alaba uchun chiqadi", – dedi Odiljon Hamrobekov.



- Hamrobekovga savol: O'tgan yili dekabr oyida O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etgandi. Oradan 8 oy vaqt o'tdi, ushbu vaqt ichida Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi qanchalik o'zgargan bo'lishi mumkin?

- U uchrashuv Osiyo Kubogi oldidan tashkil etilgani uchun ikki jamoa ham ko'proq jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilgandi. Dekabr oyidagi bahs o'rtoqlik uchrashuvi edi, ertaga esa bizni rasmiy o'yin kutib turibdi. Hozirgi bahs Jahon chempionati yo'llanmasi uchun bo'ladi. Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi ham o'rtoqlik va rasmiy uchrashuvlarga boshqacha tayyorgarlik ko'rishi aniq. 

- Moslashuv jarayoni qanday o'tdi?

- Biz qo'shnilarmiz va o'rtadagi masofa juda yaqin. Ikki mamlakat o'rtasidagi yo'lni bor-yo'g'i bir soatda bosib o'tdik. Futbolchilarga moslashuv jarayoni uchun hech qancha vaqt kerak bo'lgani yo'q. 

- KXDRga qarshi uchrashuvdan so'ng jismoniy holatimiz yaxshi emas, deb aytdingiz. Jismoniy holatimizni yaxshilash uchun nimalar qilindi? Saralash bosqichi davomida bunday zich taqvimda o'ynashimiz aniq, ushbu vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisizlar?

- Avvalroq aytib o'tganimdek, biz haqiqiy "askarlar"ga qarshi o'ynadik. Ularning jismoniy holati shunchaki ajoyib edi. O'yindan keyin videotahlilni ko'rganimda, biz yomon jismoniy holatda bo'lmagan ekanligimizni ko'rdim. Etarlicha vaziyatlar ham yaratgandik, faqat ulardan foydalana olmadik. Ahvolimiz bunchalik yomon emas. Faqatgina vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi xolos.

- Qirg'iz Respublikasi terma jamoasining o'yinlarini tahlil qilib chiqdingizmi? Agar shunday qilgan bo'lsangiz, mazkur terma jamoadagi qaysi futbolchini ajratib ko'rsata olasiz?

- Albatta. Mening ishim shundan iborat. Raqib jamoasining videosini ko'rdim. Men barcha jamoalarni hurmat qilaman, biroq dunyoning hech bir jamoasida faqatgina bir futbolchi natijani taminlab bera olmaydi. Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi ancha tartibli futbol namoyish etadi. Raqibimiz ertaga o'z uyida o'ynaydi va tabiiyki g'alaba qozonishga harakat qiladi. 



- O'tgan yili Turkmanistonda ham suniy maydonda o'ynagansizlar. O'sha uchrashuvdan so'ng terma jamoadagi bir necha futbolchilar jarohat olishgandi. Ertangi bahs ham xuddi shunday maydonda o'tishi mumkin. Jarohatlar yana takrorlanishidan qo'rqmaysizmi? Suniy qoplamada o'ynash tajribasi ertaga qo'l kelishi mumkinmi?

- Men hech nimani o'zgartira olmayman. Agar ushbu maydonda futbol o'ynashga ruxsat berilgan bo'lsa, biz maydonga chiqishga majburmiz. SHunchaki ko'nikib olishimiz kerak. Biz hech nimadan qo'rqishimiz kerak emas, biz yuqori texnikaga ega jamoamiz.

- KXDRga qarshi o'yin oldidan "jamoam raqibdan kuchliroq ekanligini bilaman va biz buni maydonda isbotlashimiz kerak. Biz bu erda "boss" ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak", degandingiz. Ertangi uchrashuv oldidan ham shunday fikrdamisiz? O'zbekiston raqibdan kuchliroqmi? Terma jamoa mehmonda ham "boss" bo'la oladimi yoki safar o'yinlariga yondashuv boshqachami?

- Ha. Biz o'z sifatimizni namoyish etishimiz kerak. G'alaba qozonishga majburmiz. Men terma jamoada ishlayotgan vaqtimdan beri futbolchilarga "yigitlar kechirasiz, biz ertaga g'alaba qozonishimiz kerak emas", demaganman. Hech qaysi murabbiy bunday demasa kerak. Har bir uchrashuvning o'z tarixi bor. Biz aqlli o'yin namoyish etishimiz kerak, raqibdan kuchliroqmiz deb xohlagan ishimizni qilish kerak emas. Sababi har bir jamoa bizni jazolab qo'yishi mumkin. Faqat yuguraverishning foydasi yo'q, aqlni ham ishlatish kerak. O'z o'yinimizni namoyish eta olsak, ertaga barchasi yaxshi yakun topishiga ishonaman. Ertaga uch ochko uchun maydonga chiqamiz.



Odiljon Hamrobekovga savol: Futbolchilarning uchrashuvga bo'lgan yondashuvi qanday? Terma jamoa dastlabki missiyani bajardi va uch ochkoni qo'lga kiritdi, ammo keyingi uchrashuvlar ham bor. Agar O'zbekiston ertaga g'alaba qozonsa, dastlabki turlarda maksimal natija qayd etgan bo'ladi. Kuchli jamoalarga qarshi jiddiy tayyorgarlik bo'lishi aniq, ammo ertangi o'yin oldidan biroz bo'shashish yo'qmi?

- Agar biz uch ochkomiz bor deb o'ylasak, mundialni orzu qilmay qo'yaveraylik. Endigina birinchi tur yakunlandi. Hali 9 ta o'yin bor. Har bir uchrashuvga maksimal yondashamiz va maksimal natijaga erishishga harakat qilamiz. Har bir gol, ochko va g'alaba bizni Jahon chempionatiga yaqinlashtiradi. Bor diqqat-etiborimiz ertangi bahsga qaratilgan.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика