So’nggi yangiliklar

12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  1 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  5 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  17 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  12 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3

Buyuklik oddiylikdan boshlanadi! Yangiliklar

Buyuklik oddiylikdan boshlanadi!

Sarlavhada o'qiganingiz fikr Lev Tolstoy qalamiga mansub bo'lib, bugun ham aktual bo'lib turibdi.

Bir necha daqiqa avval futzal bo'yicha jahon chempionatining nimchorak final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdik. Bu futzalimiz tarixida ilk bor ro'y bergan katta voqelik, ulkan g'alaba. SHubhasiz, bu yutuq barchamizniki. Lekin yuqorida tilga olingan 2 sifatga (buyuklik bilan oddiylik) hech birimiz davo qila olmaymiz. Bugun maydonda o'ynagan yigitlardan bo'lak.

Gap g'alaba yoki ko'rsatilgan natijada emas. Mundialda guruhdan chiqishni uddalagan yigitlarga nisbatan munosabatda. Terma jamoamiz jahon chempionati oldidan Ispaniya va Portugaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi. Qisqa qilib aytganda, Bahodir Ahmedov shogirdlari Toshkentni 13-dan 14 avgustga o'tar kechasi tark etgandi.

Nihoyat, o'sha tunni esga olish uchun qulay fursat topdik. Mundialga ketayotgan yigitlarni kuzatib qo'yish marosimi "kosmos" darajada tashkil qilingan edi. Na fan-klub, na O'FA rahbariyatidan kimdir aeroportga chiqdi. OAV vakillaridan faqat Championat.asia fotografi Jahongir Fayzullaev ikkimiz bor edik ( biz tayyorlagan eksklyuziv lavha quyida ↓↓↓).

O'shanda futzalchilar bilan birinchi marta jonli muloqotda bo'ldim. Reja bo'yicha terma jamoa azolari mehmonxonadan aeroportga O'FAning maxsus avtobusida Championat.asia'ning 2 xodimi esa taksida etib olishi kerak edi. Lekin biroz avval Misrni enggan yigitlar bizni ham avtobusga taklif qilib, joy bo'shatib berishdi. Xursand bo'ldik, ish jarayoni yo'lda ham davom etdi. Etiborli jihati, yosh futzalchilarning hech biri intervyu berishni xohlamadi. Kimga murojaat qilsak, tajribali Dilshod Rahmatov yoki Rustam Umarovni ko'rsatardi.

O'sha kuni amin bo'ldimki, nafaqat mundialga 1-bor ketayotgan yoshlar, balki Rahmatov va Umarov ham oddiy insonlar ekan. O'sha avtobusda hech kim "yulduz" emasdi. Barchasi samimiy, sodda yigitlar. SHu tufayli bugungi g'alabadan keyin Tolstoydan iqtibos keltirishga qaror qildim. CHunki o'sha kuni guruhdan chiqishga vada bergan jamoa futzalimiz tarixida yangi sahifa ochishni uddaladi!

...aeroportdan qaytar ekanmiz, terma jamoa azolaridagi samimiyat va ularning o'z darajasida qadrlanmasligi haqida suhbatlashgan bo'ldik. To'g'risi, juda xunuk holat edi. Kimlargadir xalqaro musobaqalardagi ishtiroki uchun katta mukofotlar berilgan paytda mundialda madhiyamiz yangrashini taminlagan yigitlarga tantanali kuzatish marosimi ham yo'q...

Aslida futzalimiz futbol yoki sportning boshqa turlaridan bir qadam oldindaligini isbotlashdan hech charchamagan. Umid qilamizki, unga etibor ham qachondir eng kamida futbol darajasiga chiqadi. Hech bo'lmasa, qahramonlarni kutib olish marosimida faqat men va ukam (J. Fayzullaev) emas, rahbarlar va muxlislar ham bo'lishadi...

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика