So’nggi yangiliklar

00:06Ўртоқлик ўйини. Боливия U-17 - Ўзбекистон U-17 0:0 (онлайн ҳисоб)  2 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  0 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  7 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  1 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  2 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  5

Buyuklarni sahna emas, sahnaortidan izlang Yangiliklar

Buyuklarni sahna emas, sahnaortidan izlang

Bugun o'qituvchi va murabbiylar kuni.

Sentyabrning so'nggi oqshomi evrofutbolga boy bo'ldi. Hosili yig'ib olinmagan dala misoli chala qolgan ishlarimni bitirish payida noutbukimni klaviaturalarini pianino singari o'ynatish bilan birga zangori ekrandagi qiziqarli vaziyatlarga ham ko'z yugurtirib o'tirdim. Telegram kanallarda bayramona tabriklar aylanar, televizorda esa sharhlovchi ko'zimiz o'rganib ketgan mashhur murabbiylardan birini og'iz ko'pirib maqtardi. Men esa beixtiyor undan-da kuchliroq, biroq nari borsa ming kishiga tanish bo'lgan siymolarni yodga oldim...

Poldagi yog'ochini bosganda Nikolo Paganinining simfoniyasi singari tovush chiqaradigan ko'hna maktabga qadam bosgan davrimda boshqa zumrashalar singari dard-u xayolim bag'rida barmoq bilan sanaganda, barmog'im ortib qoladigan darajada maysaga ega futbol maydonida bo'lardi. Tinib-tinchimas say-harakatlarim natijasida onamning kir yuvadigan tog'orasiga hamda qishloq chetida yashaydigan etikdo'zga hamisha ish topilardi. Biroq o'qishni ham kanda qilmasdim. Bunda oddiy qishloq muallimi bo'lgan birinchi ustozimning o'rni beqiyos edi. U kishi bizni urmasdi, qattiq gapirmasdi, erkalik va sho'xliklarimizni ko'tarardi. SHunga qaramay, nimasi bilandir talim olishimizga qiziqtira olardi. Ehtimol, o'sha muallimim biroz qattiqqo'lroq bo'lganda, bundan-da yaxshiroq o'qirmidim, kim bilsin. Keyinchalik maktab bilan yo'lim ayro bo'ldi, kollejda, undan so'ng institutda professor-o'qituvchilardan tahsil oldim. Lekin negadir bilim berish bobida barchasini taroziga solganda, men uchun o'sha oddiy muallim zalvorliroq ko'rinaveradi. Balki menga shunday tuyular.

Keyinchalik futbolga qiziqishimni rivojlantirishda futbol maktabida ro'baro' kelgan murabbiylarimning o'rni nihoyatda yuksak bo'ldi. Agar o'zimdagi dangasalik va boshqa nuqsonlarni bartaraf etib, ularning ko'rsatmalariga to'liq amal qilganimda, ehtimol, hozirgi hamkasblarimdan kimdir Superligadagi o'yinimni muhokama qilayotgan bo'lardi.

Jahon futbolini ham shunday tasavvur qilaman. Millionlab muxlislar o'z mehrini qozongan Karlo Anchelotti, Pep Gvardiola, Zinedin Zidan kabi mutaxassislarni buyuk hisoblashadi. Albatta, ularning fikriga qo'shilmasdan iloj yo'q. Biroq bunday mutaxassislar ko'proq tayyor mahsulotlardan nimadir bunyod etadi. Tayyor mahsulot shakllanishida esa ko'pchilikka notanish o'sha oddiy murabbiy katta rol o'ynaydi. 

Sayyoramizdan bo'lmagan ikki futbol afsungarlarining qo'sha-qo'sha sovrinlar yutishida ham ularga hech qanday nufuzga ega bo'lmagan ilk sovrinlarini qo'lga kiritishida hissa qo'shgan oddiy bolalar murabbiyi turtki vazifasini bajargan. Krishtianu Ronalduning CR7 bo'lib shakllanishida Fergyussonning roli beqiyos qo'lgan, biroq undagi ilk yulduzlik alomatlarini professor Afonso, Laszlo Bo'lo'ni singari oddiy murabbiylar payqagan. Yoki bo'lmasa,  Lionel Messining futbol zinapoyasidan yuksalishiga Salvador Aparicio, Ernesto Vecchio kabi oddiy murabbiylar qo'lidan tutgan.

Bunday ko'zga ko'rinmas murabbiylar yurtimizda ham talaygina. Ularni nomma-nom sanaydigan bo'lsak, bir kun ham etmasa kerak. O'sha ro'yxatga menga talim bergan ustoz va murabbiylarni ham kiritgan bo'lardim. Oshirib yuborgan bo'lsam ham, qayta takrorlashim mumkin, ular o'rgatgan saboqlarni o'zim kuzatgan terma jamoa mashg'ulotlarida ham uchratmaganman. Milliy terma jamoamiz futbolchilarining bugungi darajaga etib kelishida ham bolalikdagi murabbiylariga har qancha tashakkur aytsa arziydi. Menimcha, har bir futbolchimiz shunday ulug' kunda bolalikdagi kamtarin murabbiyini tabriklab qo'yishni unutmagan. O'ylaymanki, kechroq bo'lsa-da, tabrigim yo'llanmay qolgan ustozlarimga ham ushbu tashakkurim etib boradi.

Jurnalistik faoliyatim davomida sohaning Anchelotti-yu, Gvardiolalaridan saboq olishga harakat qilyapman. Ular alohida mavzu.

Aytmoqchimanki, bugun shunchaki bayram emas, balki kelajakni elkasida opichlab ketayotgan qahramonlarning bayrami hisoblanadi. Mashhur murabbiylar va ustozlar mendan tashqari ham talaygina tabriklar guldastasini qabul qilishgan bo'lsa, ajabmas. Qolganlar singari barcha murabbiylarni bayrami bilan muborakbod etaman, lekin etuk murabbiylarga etuk futbolchilarni etkazib bergan oddiy va xokisor murabbiylarni ko'proq tabriklagim keldi negadir...

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика