So’nggi yangiliklar

12:52"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди  0 12:22Ўзбекистон терма жамоаси футболчилари ўзлари туғилган ҳудудлардаги академияларга ташриф буюришди  1 12:17Расман: Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 12:06Нега? "Брюгге"нинг 22 ёшли футболчиси МЮга "йўқ" деди  0 11:58Делап "Челси"да омадсиз ҳисобланган 9-рақам ҳақида: "Бундай нарсаларга ишонмайман"  0 10:50“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди  2 10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  5 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  2 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  2 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  3 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1

Buyuk 10-raqam egasi 43 yoshda (FOTO) Yangiliklar

Buyuk 10-raqam egasi 43 yoshda (FOTO)

Bugun italiyalik maestro, "Yuventus" afsonasi va nozik didli futbolchi Alessandro Del pero tavallud topgan kun.
Alessandro Del pero 1974 yil 9 noyabrda Trevizo shaharchasida tug'ilgan.



Pinturikko deyarli butun faoliyatini "Yuventus"da o'tkazgan. Turindagi 19 yillik faoliyatidan so'ng Aleks jamoadan ketishga majbur bo'lgan. Aslida Del Pero tekinga bo'lsada "Yuve" uchun faoliyatini so'nggiga qadar o'ynamoqchiligini elon qilgandi. Ammo "Yuventus" rahbariyati va bosh murabbiy Konte qarib qolgan Del pero bilan bitimni uzaytirishni istamagan.

Futboldagi chanqog'i hali bosilmagan Pinturikko "Yuventus"dan boshqa evropaning hech bir jamoasida o'ynashni istamagani uchun Osiyodan tashgan taklifga labbay deb javob bergan.

SHundan so'ng afsona 2 yil Avstraliyada "Sidney" sharafini himoya qildi, keyin esa bir muddat Hindistonda "Deli Daynamos" libosini kiydi.

2015 yilda esa millionlab futbol ishqibozlarini yoqimtoyi butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

Alessandro Del pero futbolchilik faoliyatini davomida ko'plab shaxsiy yutuqlarni qo'lga kiritmagan, "Oltin to'p"ga hech qachon ega chiqmagan. Lekin bu futbolchi doim eng yaxshi qatorida bo'lgan, futbolni bir maromda yuqori saviyada o'tkazgan kam sonli futbolchilardan hisoblanadi.
Aleksga qaysidir jihatdan jarohatlar ham "Oltin to'p"ni olishiga to'sqinlik qilgan deyish mumkin.
Ammo futbolchi hech qachon shaxsiy sovrinni jamoaviy yutuqdan ustun qo'ymagan.


Del Pero futbol maydonida nozik did sohibi sanalgan. Del Pero jarima maydonining chap tarafidan gol urish bo'yicha mutaxassis sanalgan. Jarima maydonining chap tarafi atrofidan urilgan barcha gollarni matbuotda "Del pero goli" deya atashgan.

Jarima zarbalarini ijro etish mahorati, to'p bilan muomala qilish sanati va gol sezish qobiliyati Alesda yuksak darajada bo'lgan.

90 yillardagi avlodning juda katta qismi aynan Aleks Del pero tufayli futbol oshno bo'lgan, uning o'yinlarini ko'rib millionlar o'yiniga mehr qo'ygan.

Del Pero o'z vaqtida "Yuventus" B Seriyaga tushib ketgan paytda ham "byankonerilar"ga sodiq qolgan va Buffon, Nedved kabi yulduzlar bilan jamoani A Seriyaga qaytargan "Yuve"ning buyuk qahramonlaridan biri bo'lgan.

Aleks Del pero A va B Seriyada to'purarlikni qo'lga kiritgan yagona futbolchi sanaladi. 2006 yilda "Yuve" B Seriyaga surgun qilinganda Del pero bo'yicha juda katta takliflar turinliklarga kelib tushadi. Lekin mag'rur Aleks bu taklfilarga qayrilib ham qaramaydi. Uning fikr-u hayoli faqat "Yuve"da va jamoani tezroq qaddini ko'tarishga qaratilgandi.


Del Pero haqida juda ko'p yozish, to'xtovsiz maqtash mumkin. U haqida juda ko'plab qiziqarli malumotlar, futbolchilar uchun darsliklarga kiritish mumkin bo'lgan maslahatlarni qoralash mumkin.

Bugun maestro, buyuk 10-raqam egasi 43 yoshga to'ldi.

Ajoyib futbolchi, takrorlanmas zarbalar sohibi va benazir gollar muallifi - Alessandro Del Peroni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz.

Quyida Aleks Del Peroning ajoyib suratlarini taqdim etamiz.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика