So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  37 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  4 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  62 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

"Buxoro"ning yangi vakillari oliy ligada qolishga vada berishdi Yangiliklar

"Buxoro"ning yangi vakillari oliy ligada qolishga vada berishdi

Xabar berib o'tganimizdek, bugun "Buxoro" futbol jamoasi safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim soat 12:00da boshlandi. Tadbirga qadar jamoa azolari va rahbariyati birgalikda hududdagi Bahouddin Naqshbandi ziyoratgohida bo'ldilar. 

200dan ortiq muxlis ishtirok etgan tadbirning ikkinchi qismida futbolchilarga yangi futbolkalar topshirildi.

"Oldimizda turgan asosiy vazifa "Buxoro"ni kuchlilar safida olib qolish. Birinchi davraning so'nggida ikki ochkoga ega jamoani qabul qilib oldim. To'g'risini aytaman, kelgan futbolchilarning maqsadi pul emas. Biz bu erda imkon qadar uzoqroq ishlashni maqsad qilganmiz. Dastlabki yil qiyin bo'ladi, lekin oliy ligada qolishimizga ishonamiz va "Buxoro"ni avvalgi mavqeini tiklaymiz", - deydi katta murabbiy Tachmurod Agamurodov.

So'zida davom etar ekan, turkmanistonlik mutaxassis "Dinamo"dagi faoliyatiga ham to'xtalib o'tdi:

- Men "Dinamo"dagi futbolchilarni o'zim bilan olib kelganim yo'q. "Dinamo" muxlislari oldida vijdonim pok, shu jumladan futbolchilarni ham. Ular u erda o'z ishlarini halol bajardilar deb ayta olaman.

SHundan so'ng so'zga Aziz Ibragimov chiqdi:

- To'g'risi anjumanga bunchalik ko'p muxlis tashrif buyuradi deb o'ylamagan edim. SHokdaman. SHunday ekan, biz ishlashimiz kerak. To'g'ri, hozirda ko'plab muxlislar jamoada xafalar. Lekin ishoning, biz jamoani oliy ligada olib qolamiz.

Asli buxorolik bo'lgan Alisher Sanoev esa qiyin vaziyatda qolgan, o'zi uchun begona bo'lmagan jamoa safiga qaytganidan xursandligini bildirib o'tgan.

Mirzo SHoev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика