"Buxoro"ning golsiz seriyasi 398 daqiqaga etdi
29 may 2019 13:25
Yangiliklar


"Buxoro"ning golsiz seriyasi 398 daqiqaga etdi
Superliganing 10-turida "Buxoro" Jizzaxda "So'g'diyona"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'yganidan xabaringiz bor.
SHu tariqa, buxoroliklarning golsiz seriyasi davom etdi. So'nggi bor "Buxoro" 6-turda "Bunyodkor" bilan bahsning 52-daqiqasida gol urgan edi. SHundan keyingi to'rtta uchrashuvda jamoa raqib darvozasiga yo'l topa olmadi. Ayni paytga kelib golsiz seriya 398 daqiqaga etdi.
11-turda "Buxoro" o'z maydonida peshqadam "Paxtakor"ni qabul qiladi.
"Buxoro"ning so'nggi o'yinlari:
"Buxoro" - "Bunyodkor" 2:2 (38 daqiqa golsiz)
"Buxoro" - "Nasaf" 0:1 (90 daqiqa golsiz)
"Surxon" - "Buxoro" 1:0 (90)
"Buxoro" - "Dinamo" 0:0 (90)
"So'g'diyona" - "Buxoro" 2:0 (90)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar