So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  21 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

"Buxoro"ni Superligadan, "Paxtakor"ni esa chempionlikdan mahrum qilishi mumkin bo'lgan uchrashuv. "Buxoro" - "Paxtakor" o'yiniga prevyu Yangiliklar

"Buxoro"ni Superligadan, "Paxtakor"ni esa chempionlikdan mahrum qilishi mumkin bo'lgan uchrashuv. "Buxoro" - "Paxtakor" o'yiniga prevyu

Bugun o'tkaziladigan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuviga prevyu.

O'zaro o'yinlar tarixi

CHempionatlar tarixida ushbu jamoalar 59 bor o'zaro bellashgan. 43 bahsda "Paxtakor", 7 bellashuvda "Buxoro" g'alaba qozongan. 9 to'qnashuv durang bilan yakunlangan. "Paxtakor" buxoroliklar darvozasiga 135ta gol urgan bo'lsa, buxoroliklar 38 gol urishgan. 2005 yil eng yirik natija kuzatilgan. Safarda "Paxtakor" jamoasi "Buxoro"ni 8:0 hisobida mag'lub etgan.

Buxoro shahrida bo'lib o'tgan o'yinlarda "Paxtakor" 16 marotaba g'alaba qozongan bo'lsa, "Buxoro" 6ta uchrashuvida g'olib bo'lgan va 7ta uchrashuvda durang qayd etilgan. "Paxtakor" mehmonda raqib darvozasiga 57 gol urgan, buxoroliklar esa 21ta to'p bilan javob qaytargan. "Buxoro" jamoasi "sherlar"ni so'ngi bor 2018 yilda o'z maydonida mag'lub etishgan.

So'nggi uchrashuvlar

13.05.2023 "Paxtakor" 1:0 "Buxoro"

05.09.2020 "Buxoro" 0:4 "Paxtakor"

08.03.2020 "Paxtakor" 3:0 "Buxoro"

10.08.2019 "Paxtakor" 5:0 "Buxoro"

16.06.2019 "Buxoro" 0:5 "Paxtakor"

Birinchi davradagi "drama"

Ikki jamoa o'rtasidagi birinchi davrada bo'lib o'tgan uchrashuv qiziq vaziyatlarga boy bo'lgandi. Uchrashuvda autsayder deb qayd etilgan bo'lishiga qaramay buxoroliklar amaldagi chempionni ancha qiynab qo'yishgandi. O'sha uchrashuvda "Paxtakor"ning barchasi himoyachilari sariq kartochka olishgan, SHahzod Azmiddinov maydondan chetlatilgan edi. Yodingizda bo'lsa, uchrashuvning so'nggi daqiqalarida "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilanadi va uni "Buxoro" himoyachisi Abbos Otaxonov 11 metrlik nuqtadan zarbani ijro etadi. "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov to'pni qaytaradi va keyingi zarbada "Buxoro" futbolchisi darvoza ustunini poylagan edi. SHunday qilib Sanjar Quvvatov jamoasi uchun qimmatli uch ochkoni saqlab qolgandi.

O'zaro o'yinlardagi to'purarlar

O'zaro o'yinlar to'purari Server Jeparov va Dragan CHeran sanaladi. Ular buxoroliklar darvozasiga 10tadan gol urishgan. Igor SHkvirin va Igor Sergeevlar 8tadan to'pga mualliflik qilishgan. Anvar Solievda 6, Mirjalol Qosimov, Vladimir Kozak va Zayniddin Tojievda 5tadan gol mavjud. Andrey Strelcov va Leonid Koshelev esa 4tadan to'p muallifiga aylangan. "Buxoro" safidagi to'purar Ilhom Qurbonov hisobida 3 gol bor. Gennadiy SHaripov va Bahodir Pardaev har ikki jamoa safida gol urishga muvaffaq bo'lishgan futbolchilar.

1) Server Jeparov, Dragan CHeran - 10ta gol

2) Igor Sergeev, Igor SHkvirin - 8ta gol

3) Anvar Soliev - 6ta gol

4) Mirjalol Qosimov, Vladimir Kozak va Zayniddin Tojiev - 5tadan gol

5) Andrey Strelcov va Leonid Koshelev - 3ta gol

6) Ilhom Qurbonov - 3ta gol

"Paxtakor"da chempionlik uchun, "Buxoro"da esa ligada qolish uchun kurash.

Ertangi o'yin ikki jamoa uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Superliga jadvalida so'ngi o'rinni egallab turgan "Buxoro" agar ertaga mag'lub bo'lsa, Superligada qolish imkoniyatlarini keskin tushirib yuboradi.

"Buxoro" jamoasining Superligada qolish yoki qolmasligi ertaga so'nggi marotaba o'ziga bog'liq desak bo'ladi.

23-tur. "Buxoro" - "Paxtakor"

24-tur. "So'g'diyona" - "Buxoro"

19-tur. "Buxoro" - "Olimpik"

25-tur. "Buxoro" - OKMK

26-tur. "Andijon" - "Buxoro"

"Paxtakor"da esa teskari holat. Jamoa chempionlikni maqsad qilgan va ertaga ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Turnir jadvalidagi eng yaqin taqibchi "Navbahor" bor yo'g'i uch ochko ortda bormoqda va ikki jamoani ham "Nasaf"ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Ertangi uchrashuv SHackix shogirdlari uchun oson o'yin bo'lmasligi aniq.

23-tur. "Buxoro" - "Paxtakor"

24-tur. "Paxtakor" - "Nasaf"

25-tur. "Surxon" - "Paxtakor"

26-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor"

P.S "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvining natijasi ham chempionlik masalasini ham ligani tark etish masalasini hal qilishi mumkin bo'lgan uchrashuv hisoblanadi.

Xato qilishi mumkin bo'lmagan "Paxtakor"

"Paxtakor"ning Superligada boshqa ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Jamoa ertaga "Buxoro" bilan o'ynasa, undan keyingi raqibi "Nasaf" bo'ladi. "Paxtakor" joriy mavsum Qarshi jamoasi bilan ikki marotaba to'qnash keldi va ikki uchrashuvda ham g'alaba qozona olmadi. Superliga doirasida Qarshida 0:0 qayd etgan "Paxtakor", to'qqiz kundan so'ng Superkubok finalida "sherlar" "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi va sovrinni qo'ldan chiqardi. 24-turda esa "Paxtakor" "Surxon"ga qarshi bahs olib boradi va so'nggi turda xuddi o'tgan mavsumgidek "Paxtakor" mavsumni "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuv bilan yakunlaydi.

Yo'qotadigan hech nimasi qolmagan "Buxoro"

"Paxtakor"dan keyin "Buxoro" jamoasi "So'g'diyona" va "Olimpik"ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Aynan shu ikki uchrashuvda katta ehtimol bilan "Buxoro" Superligada qolish masalasini hal qiladi. 25 va 26-turlarda Bakaev shogirdlari OKMK va "Andijon"ga qarshi maydonga chiqishadi. So'ngi ikki uchrashuv "Buxoro" uchun ahamiyatsiz bo'lib qolishi mumkin, agar buxoroliklar Toshkenting ikki klubi va Jizzax jamoasiga imkoniyatni boy bersa...

Faktlar

"Buxoro" jamoasi 21-asrda "Paxtakor"ni bor yo'g'i uch marotaba mag'lub etgan va barcha g'alabalarini o'z o'yida qo'lga kiritgan.

"Buxoro" va "Paxtakor" jamoasi Superliganing so'nggi 4 bahsida bor yo'g'i bir marotaba g'alaba qozonishgan.

"Buxoro" mezbonlik qilgan so'nggi uchta bahsda "Paxtakor" jamoasi raqib darvozasiga kamida 4ta gol kiritgan va yirik hisobda g'alaba qozongan.

Muallif taxmini

Bugungi uchrashuv ikki jamoa uchun ham katta ahamiyatga ega bo'lishiga qaramasdan. Yakunda "Paxtakor" g'olib bo'ladi va kamida 2ta gol uradi.

Imkoniyatlar: 30%/70% "Paxtakor" foydasiga.

Abdulbosit Bektemirov

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика