Buxorolik muxlislar Toshkentga boradi

17 noya 2017, 13:55
Ma'lumki, ushbu haftada oliy liganing 29-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Ulug'bek Baqoev boshqaruvidagi “Buxoro” jamoasi Toshkentga safar uyushtirib, “Bunyodkor” bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuvga buxorolik ashaddiy ishqibozlar ham tashrif buyurib, o'z sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Shu bois “Buxoro” ishqibozlar klubi poytaxtga borish uchun maxsus transport tashkil etishni rejalashtirmoqda. Agarda Siz ham “Bunyodkor” – “Buxoro” o'yiniga borishni istasangiz, bugun (17 noyabr) soat 17:00da “Buxoro sport majumasi”ga (favvora) borib, ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, buxorolik muxlislar 19 noyabr kuni erta tongda Toshkent tomon yo'lga chiqadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun telefonlar:+998 91-415-78-51,   +998 93-474-71-51

“Buxoro” matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Manba: pfcbuxoro.com