So’nggi yangiliklar

09:05Гвардиола кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  0 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  109 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0

"Buxorolik futbolchilar ko'chada qolishdi. Pulni o'ylaganimda, Maldiv yoki Bangladeshga borardim. "Miniya"dagi sharoitlar Evropaga hos". Litva chempionatiga yo'l olgan Solibek Karimov bilan intervyu Yangiliklar

"Buxorolik futbolchilar ko'chada qolishdi. Pulni o'ylaganimda, Maldiv yoki Bangladeshga borardim. "Miniya"dagi sharoitlar Evropaga hos". Litva chempionatiga yo'l olgan Solibek Karimov bilan intervyu

Bugungi kunda Evropaning turli chempionatlarida o'zbekistonlik futbolchilarning safi kengayib borayotgani sir emas.

Suhbatdoshimiz Solibek Karimov ham joriy mavsumdan etiboran xorijdagi legionerlarimiz qatorini to'ldirdi. Qishki transferlar oynasi vaqtida Litvaning "Miniya" klubiga borib qo'shilgan futbolchi o'tgan mavsum "Buxoro"dagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanilgandi. Yaqinda Solibek Karimovni suhbatga chorladik va bir qator savollar bilan yuzlandik.


- "Buxoro"dagi o'yinlaringiz orqali o'zbekistonlik futbol ishqibozlari etiboriga tushdingiz. SHunday bo'lsa-da, keling, dastlab, suhbatimizni futboldagi ilk qadamlaringizdan boshlasak. Bilishimizga qaraganda, futboldan avval boshqa sport turi bilan shug'ullangan ekansiz...

- Avvalambor, Assalomu alaykum! Meni millionlar o'yini bo'lmish futbolga kirib kelishimga sababchi inson, birinchi murabbiyim Sanjar SHaripov bo'ladilar. Haligacha o'sha damlarni eslayman. Barcha qatori maktabda jismoniy tarbiya darslarida bolalar bilan maydonda to'p tepar edik. Kunlarning birida Sanjar aka oldiga chaqirib: "Futbolchi bo'lishni istamaysanmi?", - deb qiziqtirdilar. 5-sinfda tahsil olardim. Darslardan so'ng esa yunon-rum kurashi bilan shug'ullanardim. SHu tariqa taqdir taqozosi bilan futbolga qatnashni boshladim.  15 yoshimda "Buxoro 2" jamoasiga taklif qilishdi. Mazkur jamoada murabbiy SHuhrat Rajabov qo'l ostida bir muddat shug'ullandim, so'ng o'rinbosarlar safiga borib qo'shildim. O'rinbosarlar jamoasida Sanich Gazarov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borardi. Yosh bo'lishimga qaramasdan, ushbu mutaxassis zaxiradan bo'lsa ham o'yin amaliyotini berganlar.  SHu insondan bir umr minnatdorman. Afsuski, hozirda oramizda yo'qlar. Keyinchalik har yili murabbiy o'zgarishi kuzatilardi. Bilasiz, yangi kelgan murabbiy yangi futbolchilarni o'zi bilan olib keladi. Yoshlarga esa etibor umuman yo'q edi. 

2019 yilning boshida Yoshlar ligasida "So'g'diyona" bilan kechgan bahsda jarohat olib, 6 oyga safdan chiqdim. Mavsum oxiriga kelibgina ikkita o'yinni to'liq o'tkazganimni bilaman. Dekabr oyida jamoani ko'plab futbolchilar tark etishdi. Ularning o'rnini to'ldirish uchun esa o'rinbosarlar jamoasidan yoshlar jalb qilindi. Muhsin Muhammadiev "Mashal" va "Nasaf"ga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida asosiy tarkibda o'ynash imkoniyatini berdi. O'yinim maqul kelgan shekilli, navbatdagi yig'inlarga ham taklif qilindim. Toshkentdagi barcha nazorat o'yinlarida o'ynaganimga qaramay chempionat boshlangach, yakuniy tarkibga kiritilmadim. 

- Ikkinchi davrada murabbiylar shtabida, tarkibdagi o'zgarishlar yuz bergani, qaysidir manoda o'rinbosarlar jamoalaridagi futbolchilarga etiborni oshishiga olib keldi...

- Xabaringiz bor, o'sha vaqt uchta turdan so'ng pandemiya sabab mavsum to'xtab qolgandi. Uch oy uyda mashg'ulotlarni davom ettirishga to'g'ri keldi. Yozda jamoani Jamshid Saidov qabul qilib oldi. Bu davrga kelib jamoada bor-yo'g'i 14 ta futbolchi qolgandi. Birinchi o'yinimni juda yaxshi o'tgan, deya olaman. O'yindan oldin Abror Xosinov jarohat olgach, tezda boshlang'ich tarkibda Abror akani o'rnini egalladim. O'shanda "Bunyodkor" bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandik. 

- Futbolchi oldida ikki yo'l turadi: Birinyaisi, tezda o'zini ko'rsatib legionerga aylanish, ikkinchisi, bosqichma-bosqich yuqoriga intilish. Siz o'zingiz uchun qaysi yo'lni tanladingiz?

- Har bir futbolchida xorijda to'p tepish orzusi bo'ladi. Menda ham legionerga aylanish niyati yo'q emasdi. O'zim uchun shu yo'lni tanladim. Oldindan biror narsani aytib bo'lmaydi. Ertaga nima xodisa yuz berishini bilmaysiz. CHetda o'ynash taklifi kelib tushgach, uni qabul qildim. 

- Odatda klublarimiz faqatgina pul yo'q bo'lsa, moliyaviy tomondan kuchli futbolchilarni taklif qilishni imkoni bo'lmasagina, yoshlarga tayanishni boshlashadi. Lekin sharoitlar yaxshi darajada bo'lgan paytda nomlar va legionerlar katta sahnaga chiqishadi. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Har bir klubning o'z oldiga qo'ygan maqsadi bor. "Paxtakor", "Lokomotiv", AGMK, "Nasaf" kabi jamoalar marrani kattaroq olishadi. "So'g'diyona", "Navbahor", "Surxon" va qolgan jamoalar kuchli oltilik uchun kurashishadi va ularga shunga yarasha byudjet ajratiladi. SHuni aytishim mumkinki, mazkur jamoalar orasida faqatgina "Nasaf"da yoshlar bilan ishlash mexanizmi shakllangan. Agarda biror futbolchi tark etadigan bo'lsa, uning o'rni osonlikcha to'ldiriladi. Boshqa jamoalarda-chi? Ular legionerlarga tayanishadi. Go'yoki u ketib qolsa, o'rnini bosadigan futbolchi yo'qdek. Mening fikrimcha, unday emas. O'ylaymanki, har bir yosh iqtidor egasiga qo'rqmasdan ishonch bildirsangiz, vaqti kelib o'sha legioner futbolchidan zo'r o'ynab ketadi. Men bunga aminman. 

- "Buxoro" jamoasi Pro ligaga tushib ketishi natijasida klub o'rinbosarlari tarqatib yuborildi. Ushbu holat ham yosh futbolchilarning asosiy jamoaga o'tishida katta to'siq bo'lishi tabiiy...

- Hozirgi kunda afsuski, ko'plab buxorolik yosh futbolchilar ko'chada qolib ketishdi. O'rinbosarlar jamoasi tarqatib yuborildi. Achinarlisi, ular orasida Superligada debyut qilgan futbolchilar ham bor edi.

- Litvaning "Miniya" klubiga borib qo'shilishingizga "Buxoro"ning quyi ligaga tushib ketgani ham sabab bo'ldimi? Agarda jamoa Superligada qolganida, faoliyatingizni shu erda davom ettirishingiz ehtimoli bormidi?

- SHunday desak ham to'g'ri bo'ladi. Mavsum yakunlangach, bir nechta xorij jamoalaridan chorlovlar kelib tushdi. SHunga qaramasdan, qishki o'quv-mashg'ulot yig'inining ilk qismini "Buxoro"da o'tkazdim. Jamoada qolish istagi ko'proq edi. Boisi shuncha yil jamoa sharafini himoya qildim. Yaqinlarim, do'stlarim bilan birga bo'lardim. Klub ikkinchi uyimdek bo'lib qolgandi. Yangi murabbiy Davron Fayziev bilan gaplashib olganimdan so'ng qarorim o'zgardi. Bilasiz, har bir murabbiyning o'z uslubi va falsafasi bor.  Davron aka ochiqchasiga uslubiga mos kelmasligimni, agarda qoladigan bo'lsam, o'yin amaliyotisiz qolib ketishim mumkinligini takidladilar. Bu gaplardan so'ng qanchalik og'ir bo'lmasin, ketdim. Jamoadagilar bilan do'stona xayrlashdik. Bir kun kelib "Buxoro"ga qaytaman, albatta.

- Legionerga aylanishingiz qay tariqa yuz berdi? Balki "Miniya" moliyaviy tomondan yaxshiroq mablag' taklif qilgandir?

- Aslida menga Latviyadan shartnoma yuborishdi. Bilasiz, Evropa mamlakatlariga borish uchun shengen vizasi kerak. Pandemiya sababli shengenni olishga qiynaldim. Jamoa meni 5 fevral sanasiga chaqirgandi. Men esa 25 sanada kelib qo'shildim. U erda mavsum 5 martdan boshlanar ekan. SHuningdek, legionerlar limiti bilan bog'liq muammo ham yuzaga keldi. Klubda 4 nafar xorijlik futbolchiga ruhsat berilgan. Men esa beshinchi legioner sifatida bordim. Sport formam yaxshi bo'lmaganligi uchun ular meni sotib olish sharti bilan Litva jamoasiga ijaraga berishdi. Yozga qadar shu erda to'p tepaman. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Futbolda oldindan biror narsa deyish qiyin.

- Litva chempionatida o'ynagan ilk o'zbekistonlik futbolchi bo'ldingiz...

- Bundan juda ham xursandman. 

- Agentingiz bormi? Umuman olganda, agent tanlashda nimalarga etibor berdingiz? CHunki bugungi kunda futbolchini emas, o'zining cho'ntagini o'ylaydigan agentlar ko'payib ketgan. Jasur Jaloliddinov voqeasi bunga yaqqol misol...

- Evropa jamoasiga borish agentsiz amalga oshmasligini bilasiz. Rostini aytsam, hozirda aniq bir agent bilan shartnomam yo'q. Bu erga kelganimdan so'ng 4-5 ta agentlar Instagram sahifam orqali menga turli takliflar bilan chiqishmoqda. Jasur Jaloliddinov juda yaxshi futbolchi. SHaxsan tanish bo'lmasam-da, ko'rishib qolsam, u bilan masalahatlashardim. Agent tanlash masalasida bir qarorga kelmadim. Qaysi birining taklifi qoniqtirsa, o'sha bilan shartnoma tuzaman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. 

- "Miniya" haqida haqida aytib bersangiz. Menimcha, bu barcha uchun qiziq...

- Jamoadagilar meni iliq kutib olishdi. Tezda til topishib ketdim. Klub kuchli to'rtlikka kirishni maqsad qilgan. Murabbiyimiz Litvadagi taniqli futbolchilardan biri ekan. Xarakteri hazilkash, xushmuoamala. Men bilan rus tilida muloqot qiladi. Mendan tashqari legionerlardan Italiyaning "Atalanta" klubidan kelgan hujumchi Sako va yaponiyalik yarim himoyachi SHogo Osafa to'p tepadi. 

- Legionerga aylanishdan ikki maqsad bo'ladi, yani ko'proq daromad ko'rish yoki futbolchi sifatida o'sishga erishish...

- Men ikkinchisini tanladim. Evropa jamoalarida o'ynab, o'sishga erishmoqchiman. Agar pulni tanlaganimda, Malayziya, Bangladesh, Maldiv kabi chempionatlardan kelgan takliflardan birini qabul qilgan bo'lardim.

(Solibek Karimov chapdan birinchi)

- "Miniya"da siz yolg'iz emassiz. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, "Buxoro"da birga to'p tepgan jamoadoshingiz Bobur Farhodov ham siz bilan birga. Baribir begona joyda yoningizda sherik bo'lsa, o'zingizni yanada yaxshiroq his qilasiz...

- SHerik bo'lsa, yanada yaxshi, albatta. Bobur Farhodov mening do'stim hisoblanadi. "Buxoro" bazasida bitta xonada istiqomat qilganmiz. Yuqorida aytganimdek, shengen vizasini olish qiyin. SHu sababli Bobur hali klub ixtiyoriga etib kelmadi. Yaqin kunlarda kelishi kerak. U bilan doim muloqotdaman. 

- Pro ligada ishtirok etayotgan jamoalarga nazar tashlab, "Buxoro"ning Superligaga qaytish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- "Buxoro"da ko'plab tajribali va mahoratli ijrochilar jamlangan. Fikrimcha, shu yilning o'zida jamoa elitaga qaytadi. SHuningdek, Timur Kapadze boshqaruvidagi "Olimpik" jamoasi ham iliq taassurot qoldirdi. Agar oxirigacha shu yo'sinda davom etishsa, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritadi, deb o'ylayman. Lekin bu yil kurash ancha qizg'in kechadi. 

- Klub legionerlarni qay darajada sharoitlar bilan taminlagan? Tashkilotchilik Evropa klublariga xosmi?

- Bu erda barchasi ko'ngildagidek. Stadionning ikkinchi qavatida klubning alohida kafesi bor. Biz menyudan tanlagan taomlarni tezda tayyorlab berishadi. O'yindan so'ng tiklanish uchun muzdek basseynga tushamiz. Istasangiz, sauna bor. Vitaminlarga kelsak, mashg'ulotdan oldin va keyin ichiladigan mahsus vitaminlar bor. Legionerlar uchun klubga yaqin joyda alohida kvartira ajratilgan. Bu erda yashash yoqadi. SHu sababli ko'p vaqt bir o'zim qolaman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика