So’nggi yangiliklar

09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  2 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  3 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  6 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  12 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  3 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0

Buxoroda o'smirlar o'rtasida Respublika chempionati bo'lib o'tmoqda Yangiliklar

Buxoroda o'smirlar o'rtasida Respublika chempionati bo'lib o'tmoqda

Teglar :  BuxoroO'smirlar
Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar doirasida bolalar, o'smirlar va yoshlar ishtirokida turli musobaqalar tashkil etilib,  mazkur musobaqalarda yosh futbolchilarning faol ishtirok etishi yo'lga qo'yilmoqda.

Ayni kunlarda Buxoro shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar terma  jamoalarining  2000-yilda tug'ilgan o'smirlar guruhlari o'rtasida Respublika chempionati bo'lib o'tmoqda. CHempionatda 12ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda qatnashyapti.

“A” guruhi: Buxoro, Toshkent viloyati, Jizzax

“B” guruhi: Andijon, Sirdaryo, Xorazm

“S” guruhi: Samarqand, Qashqadaryo, Qoraqalpog'iston Respublikasi

“D”guruhi: Farg'ona, Toshkent shahri, Namangan

Kecha 27 noyabr kuni chorak final o'yinlari bo'lib o'tdi. Natijalar bilan tanishing:

Toshkent viloyati – Namangan 2:0
Andijon – Qashqadaryo 2:0
Toshkent shahri – Jizzax 1:0
Samarqand – Sirdaryo 1:1

9-12 o'rinlar uchun — Buxoro – Farg'ona 1:0
9-12 o'rinlar uchun — Xorazm - Qoraqalpog'iston Respublikasi 1:0

 
Bugun musobaqaning yarim final bahslari bo'lib o'tadi.

11-12 o'rinlar uchun — Farg'ona – Xorazm

9-10 o'rinlar uchun — Buxoro - Qoraqalpog'iston Respublikasi

5-8 o'rinlar uchun — Namangan – Samarqand

5-8 o'rinlar uchun — Qashqadaryo – Jizzax

1-4 o'rinlar uchun — Toshkent viloyati – Sirdaryo

1-4 o'rinlar uchun — Andijon – Toshkent shahri  

Musobaqa 29 noyabr kuni o'z nihoyasiga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика