“Buxoro”da 3 oy ichida uchinchi istefo
26 may 2021 14:15
Yangiliklar
“Buxoro”da 3 oy ichida uchinchi istefo
Avvaliga bosh murabbiy Davron Fayziev tushunarsiz qarorlar bilan istefoga chiqarilgandi. So'ngra oradan biroz vaqt o'tgach rahbariyat klub menejeri sifatida Usmon Toshevni “Buxoro”ga qaytargandi. Bosh murabbiy vazifasini bajarib kelgan Anvar Berdiev ham kuni-kecha o'z lavozimini tark etgani haqida xabar topdik. Mavsum starti arafasida “Istiqlol” jamoasidan taklif etilgan Anvar Berdiev va uning yordamchisi Sergey Lebedevga ham “Buxoro” jamoasida uzoq vaqt ishlash nasib etmadi.
Klub menejeri Usmon Toshev katta ehtimol bilan Tojikiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini butkul yakunlab qaytgach, “Buxoro” boshqaruvni o'z qo'liga oladi. Unga qadar jamoani o'yinlarga mahalliy murabbiylar Mirislom Hasanov bilan Suhrob Qobilov tayyorlab boradi.
Eslatib o'tamiz, 19 mart kuni o'tgan yil jamoani boshqargan Jamshid Saidov istefoga chiqarilgani xabar berilgan. 22 aprelda Davron Fayziev bilan xayrlashgan klubni may oyida Anvar Berdiev bilan ham tark etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar