So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  4 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

"Buxoro": Yangi futbolchilar tanishtirildi FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Buxoro": Yangi futbolchilar tanishtirildi FOTOGALEREYA

Kecha “Buxoro” PFK o'z ananasiga sodiq qolgan holda yangi mavsumdan oldin o'z muxlislari bilan uchrashuvni tashkillashtirdi.
Ushbu uchrashuv “Buxoro” sport majmuasidagi konferenciyalar zalida bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Buxoro Viloyat hokimligi madaniya va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i Jamshid Rashidov, “Buxoro” klubi sport direktori Gennadiy Kochnev, “Buxoro” klubi ijrochi direktori Amrillo Najmiddinov, “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov boshchiligidagi murabbiylar shtabi va “Buxoro” futbol klubi futbolchilari qatnashishdi.

Yig'ilishda dastaval “Buxoro” jamoasiga yangi tayinlangan bosh murabbiy Aleksandr Mochinov so'zga chiqdi:

“Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Barchangizni yangi kirib kelayotgan futbol mavsumi bilan tabriklayman.Ushbu uchrashuvni tashkillashtirilganidan juda xursandman. Muxlislar xozirgi kunda, OAV da juda ko'plab malumotlarga ega bo'lishmoqda, lekin bazan hatto-ki, o'zimiz haqimizdagi, biz bilmagan va o'rinsiz malumotlar paydo bo'lishi odatga aylanib boryapti. SHunaqa holatlar bo'lmasligi uchun jamoamizda rasmiy sayt faoliyat yuritib kelmoqda va ishontirib aytaman-ki,eng aniq malumot aynan rasmiy saytda beriladi. Mana hozir barcha muxlislar eng aniq malumotni biz orqali bilib olishlari ham mumkin bo'ladi”-deya gap boshladi Mochinov.

Aleksandr Vladimirovich jamoani qabul qilib olganidan so'ng nima ishlar bajarilgani va barcha yig'inlar, nazorat uchrashuvlari to'g'risida batafsil mahlumot berib o'tdi.

SHundan so'ng, muxlislarga so'z berildi va barcha o'zi qiziqtirgan savollarni yo'lladi.Savollar juda turli mavzularda bo'ldi. Turli muammolar ko'tarildi. Jumladan, “Xozir muxlislar orasida turli mish-mishlar yuribti, “Buxoro”ning dastlabki uy uchrashuvi Vobkentda o'tkazilarmish” - degan savol berildi. Bu savolga  Genadiy Kochnev javob qaytarar ekan, “Yo'q, biz maydon maysasi mart oyi o'rtasiga kelib normal xolatga kelishi uchun barcha ishlarni amalga oshirdik va mana bugun maydon holati mart oyi uchun yomon emas. SHu sababli so'zsiz 2-tur uchrashuvi “Buxoro” sport majmuasida bo'lib o'tadi”-deya muxlislarni ishontirdi.

Yana bir mish-mish yo'qga chiqarildi, "Bizdagi malumotlarga qaraganda "Buxoro" Germaniya 2-bundesligasidan hamda "Bunyodkor" himoyachisi Anvar G'ofurovni jamoaga qo'shib olganmish, shu rostmi?" - degan savolga Mochinov quyidagicha javob qaytardi: "Yuqorida aytib o'tganimday, bular xato malumot. Biz xech qanaqa bundesliga vakili bilang muzokara olib borganimiz ham yo'q. G'ofurov bilan ham bu masala ko'rib chiqilmadi. Mana shunaqa holatlar bo'lmasligi uchun, faqat va faqat rasmiy sayt bergan mahlumotga tayanishingizni iltimos qilgan bo'lar edim" - dedi Mochinov.

SHundan so'ng keyingi savol Jamshid Rashidovga berildi. Muxlislar yozning jazirama izig'ida, tribunalarda muxlislar uchun ichimlik suvlari tashkillashtirib berishlarini iltimos qilishdi. Rashidov tomonidan  esa o'z navbatida ushbu iltimos erda qolmasligi va albatta muxlislar uchun yanada ko'proq qulayliklar yaratib berilishi to'g'risida vada berildi.

Yana bir muammo jamoalar rahbariyatiga etkazildi. Bu yoz vaqtida uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari to'g'risida bo'ldi. Muxlislarimiz Buxorodagi uchrashuvlar yoz paytida kech soat 19:00 dan kechroq boshlanishini iltimos qilishdi va bu iltimos ham inobatga olinishi to'g'risida vada berildi.

Bundan tashqari juda ko'plab savollarga javoblar berilganidan so'ng, bevosita futbolchilarni tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi. Mavsumlar oralig'ida jamoa ko'plab yangi futbolchilarni jamoaga taklif etdi, jumladan: Raxmatullaev, Turdiev, Isroilov, Abibullaev, Tojiev, Ponomaryov, Umarjonov, Akbarov va ikki legioner Kravchesku va Xaoshi. Bu ikki legioner yaqin kunlar ichida jamoa ixtiyoriga etib keladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика