“Buxoro” – “Qo'qon-1912”. Prevyu
03 noy 2017 11:15
Yangiliklar
“Buxoro” – “Qo'qon-1912”. Prevyu
Bu jamoalarning statistik malumotlarini hukmingizga havola etamiz.
O'zaro o'yinlar
Ushbu jamoalar Oliy ligada 23 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 9 tasida vakillarimiz g'olib bo'lishgan, 2 ta o'yin durang natijasi bilan intiho topgan. 12 ta uchrashuvda buxoroliklarning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati 45:33, “Buxoro” foydasiga. O'zaro o'inlarda “Buxoro” 38, “Qo'qon-1912” esa 29 ochkoni qo'lga kiritgan.
Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
19.08.2016 Buxoro – Qo'qon-1912 3:1
19.09. 2015 Buxoro – Qo'qon-1912 2:0
10.08.2003 Buxoro – Qo'qon-1912 4:2
04.05.2002 Buxoro – Qo'qon-1912 2:0
29.03.2000 Buxoro – Qo'qon-1912 2:0
Hakamlar
Mazkur uchrashuvni Viktor Serazetdinov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Ushbu hakam bundan oldin jamoamizning Qo'qonda o'tkazilgan O'zbekiston kubogi chorak final javob uchrashuvida ishlagandi. O'shanda vakillarimiz “Nasaf”ga qarshi o'ynashgandi va bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi.
Oliy liga
27-tur
“Buxoro” (Buxoro) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon)
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), R. SHoyaxmetov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xatamov (Toshkent)
O'zPFL vakili: R. CHernikov
Boshlanish vaqtlari
Juma kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. Bugun esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari maydonga tushishadi. O'yin soat 15:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar