So’nggi yangiliklar

10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  0 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  3 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  2 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  1 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  6 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  17 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  10 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  18 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1

"Buxoro" PFK muxlislar va OAVni taqdimot marosimiga taklif etadi Yangiliklar

"Buxoro" PFK muxlislar va OAVni taqdimot marosimiga taklif etadi

5 mart Buxoro jamoasi 2016 yilgi ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadi.

SHu kuni oliy liganing 1-turida jamoamiz “Olmaliq” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv “Buxoro” sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Yangi mavsumdan oldin anana tusiga kirgan muxlislar bilan uchrashuv bu safar ham bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv chog'ida “Buxoro” o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni rasmiy tarzda barchaga tanishtiradi. Uchrashuv davomida muxlislar o'zi xoxlagan murabbiy va futbolchilarga savol bilan murojaat qilishlari mumkin bo'ladi.

Futbolchilarni taqdimot marosimi Buxoro shahridagi  700 kishiga mo'ljallangan “Viloyat musiqa va drama teatri”da (mo'ljal: amfiteatr, otchopar) bo'lib o'tadi. Tadbir 29 fevral dushanba, soat 11:00da boshlanadi.

“Buxoro” PFK jamoaning ashaddiy va jonkuyar muxlislarini ushbu taqdimot marosimiga taklif etadi. Viloyatimizda va Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan barcha jurnalistlarni, xususan televidenie, radio, gazeta va internet nashrlarida faoliyat yuritib kelayotgan ommaviy axbarot vositalarini ham ushbu tadbirga taklif etamiz.

Qo'shimcha malumot uchun telefon: +99891 923-11-14

Eslatib o'tamiz, yangi mavsumdan oldin “Buxoro” PFK uchrashuvlarni bevosita stadiondagi media tribunadan turib tomosha qilish va yoritish uchun jurnalistlarni akkreditaciyadan o'tkazish jarayoni davom etmoqda. Akkreditaciya jarayoni 2 martga qadar davom etadi. Akkreditaciyadan o'tganligini tasdiqlovchi hujjati (beydjik) bo'lmagan har qanday jurnalistga media tribunaga kirishi, mikst-zonada futbolchilar bilan intervyular uyushtirishi, uchrashuvlardan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etishi taqiqlanadi!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика