“Buxoro” o'z safiga Javohir Qahramonovni qo'shib oldi
26 iyu 2017 07:37
Yangiliklar


“Buxoro” o'z safiga Javohir Qahramonovni qo'shib oldi
Ayni damda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Toshkentda o'tkazayotgan “Buxoro” o'z safiga yana bir futbolchini qo'shib oldi.
Gap shundaki, joriy mavsumning birinchi qismini Samarqandning “Dinamo” jamoasida o'tkazgan Javohir Qahramonov endilikda “Buxoro” sharafini himoya qiladigan bo'ldi. 21 yoshli futbolchi xuquqiy jihatdan “Bunyodkor” klubiga tegishli hisoblanadi. Aytish lozimki, Qahramonov birinchi davrada “Dinamo” safida yorqin o'yinlari bilan qisqa fursat ichida samarqandlik muxlislarning olqishiga sazovor bo'lgandi. Umid qilamizki¸Javohir endilikda “Buxoro” libosida ham mazmunli o'yin namoyish etib, jamoa g'alabalariga o'z hissasini qo'sha oladi.
"Buxoro" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar