So’nggi yangiliklar

14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  2 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  12 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3

"Buxoro" murabbiyi: "Selekciya ishlari haqida malumot bera olmayman, sir" Yangiliklar

"Buxoro" murabbiyi: "Selekciya ishlari haqida malumot bera olmayman, sir"

Teglar :  Buxoro
"Buxoro" hamda "Andijon" o'rtasidagi Superliganing 13-tur o'yinidan (0:1) so'ng mezbonlar murabbiyi Mixail Erimchuk matubot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Buxoro" murabbiyi Mixail Erimchuk: "Yigitlar borini berishdi, nimadir o'xshadi, nimadir yo'q. Vaziyatdan chiqishga urinib ko'ramiz. Hali hammasi yaxshi bo'ladi deb o'ylayman".


- Jamoa chiroyli va munosib o'yin ko'rsatishiga nima halal beryapti?

- Har bir jamoada muammolar bor. Bu muammolarni asta-sekinlik bilan hal qilyapmiz, muxlislar istagan o'yinni ko'rsatish uchun bizga vaqt kerak.

- Asosiy tarkibning 6 nafarini qo'yib yubordingiz...

- Biz tarkibni kuchaytirish ustida ishlayapmiz. O'yinimizga mos keladiganlarni qidiryapmiz.

- Ro'zimboy Ahmedovga ham javob berib yuborildi, hozir jamoada hujumchilar yo'q. U hech bo'lmasa bitta taym o'ynab bera olardi.

- Bizning o'z qarashlarimiz bor, yoshlarimiz safida ham hujumchilar mavjud. "Buxoro"da iloji boricha ko'proq mahalliy futbolchilar bo'lishini xohlaymiz.

- Selekciya haqida malumotlar bera olasizmi?

- Sir. Ishlayapmiz. 5-6 futbolchini ko'rib chiqyapmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика