"Buxoro" ko'rigida turkmanistonlik darvozabon
18 fev 2014 19:05
Yangiliklar


"Buxoro" ko'rigida turkmanistonlik darvozabon
Ayni damda Toshkentda tayyorgarlik ko'rayotgan "Buxoro" safiga yangi futbolchilar kelib qo'shilishda davom etmoqda.
Klub sport direktori Gennadiy Kochnevning "SA"ga xabar berishicha, jamoa yig'iniga kuni kecha Farhod Bozorov kelib qo'shildi. Turkmanistonlik golkiperni muxlislar yaxshi bilishsa kerak. U ilgari "Andijon" va "SHo'rtan" yig'inlarida ham ishtirok etgandi.
Hozircha Bozorov ko'rikdan o'tmoqda. Agarda uning harakatlari bosh murabbiy Edgar Gessga maqul kelsa jamoada qolishi mumkin.
Hozircha Bozorov ko'rikdan o'tmoqda. Agarda uning harakatlari bosh murabbiy Edgar Gessga maqul kelsa jamoada qolishi mumkin.

Fikrlar