"Buxoro" klubi paxta terimida ishtirok etdi
05 okt 2015 16:23
Yangiliklar
"Buxoro" klubi paxta terimida ishtirok etdi
Hammaga malum-ki, milliy chempionatimizda 24-turdan so'ng tanafus yuzaga keldi. Bu tanaffus O'zbekiston milliy terma jamoasining Bahraynga qarshi JCH-2018 va Osiyo kubogi-2019 saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvi munosabati bilan vujudga kelgan.
Jamoamiz navbatdagi turga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettirishmoqda.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda paxta yig'im-terimi avjiga chiqqan. Tanafusdan foydalangan holda “Buxoro” PFK ham ushbu yig'im-terimida bevosita ishtirok etdi. Toshkent viloyati, O'rta-CHirchiq tumaniga qarashli paxta dalalaridan birida klub xodimlari, futbolchilar va murabbiylar dala zahmatkashlariga yordam berishdi. Dalada sport sohasidagilar va qishloq xo'jaligi xodimlari yonma-yon paxta terishdi va davlatimiz paxta xirmoniga o'z ulushlarini qo'shishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar