So’nggi yangiliklar

00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  3 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  1 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  3 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  5 23:23АПЛ. "Тоттенхэм" - "Ноттингем Форест" учрашуви учун асосий таркиблар эълон қилинди  0 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   85 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  12 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 17:48Остон Ўрунов яна жароҳат олди  17

"Buxoro" hakamlar qurboni bo'ldimi? Komiljon Rasulovga berilgan jazo adolatdanmi? Yangiliklar

"Buxoro" hakamlar qurboni bo'ldimi? Komiljon Rasulovga berilgan jazo adolatdanmi?

Kuni kecha voha klubining Superligadan tushib ketishi aniq bo'ldi.

Coca Cola Superligasi 19-turidan o'rin olgan "Buxoro" — "Olimpik" uchrashuvining 100-daqiqasida "Buxoro" jarima maydonchasi ichida mehmonlar azosi yiqilgach, uchrashuv bosh hakami Komiljon Rasulov 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. SHundan so'ng, uchrashuv VAR hakamlari uni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko'rib chiqishga chorladi. Bosh hakam esa takrorlardan so'ng ham qarorini o'zgartirmadi va penalti belgiladi.

Natijada, o'yin taqdirini hal qilgan ushbu bahsli vaziyat bo'yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig'ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Ekspertlar bir ovozdan penaltining noto'g'ri belgilanganini qayd etishdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasi esa Komiljon Rasulov qoidalarga zid qo'pol xatosi tufayli Hakamlar tartib-intizom kodeksining 4.3-bandiga muvofiq futbol hakamligidan umrbodga chetlatildi

SHu munosabat bilan joriy mavsum Superligada hakamlarning noto'g'ri qaroriga evaziga urilgan (urilmagan) gollar va ularning uchrashuv natijasiga tasiri to'g'risida mulohaza yuritamiz.

"Surxon" - "Andijon" 1:0 (Highlights)

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Sanjar Nazarov

VAR: Aziz Asimov

AVAR: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Jamshid Imomov

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Andijon" uchrashuvida ishlagan Rahim Karimov boshchiligidagi hakamlar guruhi bir nechta xatoga yo'l qo'ydi. Jumladan, "Andijon" jamoasining golini inobatga olmadi.

O'zbekiston futbol hakamlar markazi mazkur vaziyatlarni o'rganib chiqdi, hisoblanmagan gol bo'yicha quyidagicha qaror chiqardi:

"Uchrashuvning 63-daqiqasida "Andijon" jamoasi sardori burchakdan etkazib berilgan uzatmani boshi bilan darvozaga kiritadi. Vaziyatni o'rganib chiqgan VAR mehmonlarning 99-raqamli futbolchisi zarba berilgan vaziyatda darvozabonga o'yindan tashqari holatda turib xalal bergani haqida bosh hakamga xabar beradi. Videotakrorni ko'rgan bosh hakam golni bekor qiladi. Aslida, bu vaziyatda VAR hakamlari texnik xato tufayli chiziqlar rangini almashtirib qo'yishgan. Mehmonlarning 99-raqamli hujumchisi o'yindan tashqari holatda emasdi. Natijada: "Hakam gol o'yindan tashqari holatda kiritildi deb qaror chiqargan".

Keyinchalik O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasining qaroriga binoan bosh hakam Rahimbek Karimovga nisbatan jazo belgilanmaydi. Biroq yordamchi hakam Mahmud Turdievga ogohlantirish, VAR hakami Aziz Azimovga Superligada bosh hakam sifatida 4ta, VAR hakami sifatida 8ta uchrashuvdan chetlatish, AVAR hakami Alisher Usmonovga Superligada yordamchi hakam sifatida 4ta, AVAR hakami sifatida 8ta uchrashuvdan chetlatish intizomiy choralari qo'llanildi.

"Paxtakor" - "Navbahor" 2:1 (Highlights)

Hakamlar: Vadim Agishev, Rishat Nig'monov, Timur Gaynullin, SHuhrat Rajabov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Bekzod Aripov

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko'rib chiqildi.

Komissiya xulosasiga ko'ra, uchrashuvning 19-daqiqasida "Paxtakor" darvozasiga ikki marotaba ham penalti belgilanmasligi, 71-daqiqada poytaxtliklar himoyachisi SHahzod Azmiddinov maydondan chetlashtirilishi lozim edi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasi esa mazkur uchrashuv bosh hakami Vadim Agishevga 6 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish, VAR hakami Firdavs Norsafarovga VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish, AVAR hakami Baxtiyorxo'ja SHavkatovga nisbatan VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasini qo'lladi.

"Turon" — "Bunyodkor" 1:2 (Highlights)

Bosh hakam: SHavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov.

Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov

VAR: Rahimbek Karimov

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov

Komissar: Davron Ibrohimov.

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Turon" — "Bunyodkor" uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Farhod O'tkirovning toza goli o'yindan tashqari holat sifatida qayd etildi. Ushbu vaziyatida nazoratni qo'ldan chiqargani va o'yindan tashqari holatni qayd etmagani sababli, uchrashuv yordamchi hakami Feruz Dostonov aybdor deb topildi va qo'mita unga nisbatan Superliga bahslaridan 4 ta o'yinga chetlatish va quyi ligaga tushirish jazosini qo'lladi.

"Neftchi" — "Andijon" 0:0 (Highlights)

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurillaev

Qanot hakamlari: Sardor Nishonboev, Jasur Rustamov

Zaxira hakami: Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Igor Nechoxin 

Komissar: SHerzod Rajabov

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" — "Andijon" uchrashuvida farg'onaliklar tomonidan urilgan gol inobatga olinmaydi. Bu vaziyatda qanot hakami Sardor Nishonboev xatoga yo'l qo'ygan. Ushbu xato esa natijaga tasir o'tkazdi. Vaziyatni o'rganib chiqqan uchrashuv nazoratchisi bu holatda birinchi yordamchi hakamni aybdor deb topdi va unga qoniqarsiz baho qo'yganini tasdiqladi.

OKMK — "So'g'diyona" 3:2 (Highlights)

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Isroil Imomnazarov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Amir Galeev

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: SHohruh Said

Superliganing 21-turidan o'rin olgan OKMK — "So'g'diyona" uchrashuvining 67-daqiqasida bosh hakam OKMK darvozasiga penalti belgiladi va mezbonlar himoyachisi Sardor Rahmonovni maydondan chetlatdi. O'zFHM ekspert-hakamlar komissiyasi esa to'qnashuvni tabiiy holat deb hisobladi va belgilangan penaltini noto'g'ri qaror deya baholadi.

"Buxoro" — "Paxtakor" 0:1 (Highlights)

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, SHohnur Yo'ldoshev, Sardor Hakimov, Jahongir Noraliev 

VAR hakami: Nayim Qosimov

AVAR: Jasur Rustamov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Buxoro" — "Paxtakor" uchrashuvining 90+5 daqiqasida bosh hakam Ravshan Abduvohidov mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi, natijada Toshkent jamoasi safardan 3 ochko bilan qaytdi. O'yin taqdirini hal qilgan ushbu vaziyat bo'yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig'ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. 

Unga ko'ra, o'yin natijasiga tasir o'tkazgan penaltini noto'g'ri holatda belgilagan bosh hakam Ravshan Abduvohidov va VAR hakami Nayim Qosimovning VAR licenziyalari qaytarib olindi. Ularning ishi O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasiga oshirildi. SHuningdek, ikkala hakam ham nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi. Scenariysi xuddi xuddi kechagi o'yinni eslatib yuboradigan uchrashuv hakamlariga qanday jazo tayinlanishi juda qiziq. 


Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика