So’nggi yangiliklar

17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3

1 iyundan yangi qoidalar kuchga kirdi Yangiliklar

1 iyundan yangi qoidalar kuchga kirdi

Teglar :  FIFAqoidalar
Yoz keldi, u bilan birga esa futbolga yangi qoidalar kirib keldi.

Masalan, endi hujum qilayotgan jamoa vakillari jarima zarbasi vaqtida raqibning jonli devoriga tura olmaydi, murabbiylarga esa sariq va qizil kartochkalar ko'rsatiladi.

O'yinga tasir ko'rsatgan birinchi yangi qoida - erkin zarba paytida o'z jarima maydonchasi ichida turgan futbolchiga pas berish mumkinligi. Avvallari futbolchilar to'pni u jarima maydonchasini tark etganidan so'ng qabul qilishardi - hozir esa ichida ham mumkin.

Yangi qoidalar Kopa Amerikada kuchga kirgan. O'yinlarga yaxshilab etibor bering.

Ushbu uslubda pas berilgan bazi o'yinlarda futbolchilar hakamga etiroz bildirishdi, ammo referi hammasi joyida ekanligini aytib, o'yinni davom ettirdi. O'yinchilarga yangi qoidalar bo'yicha tushuntirishlar berilmagan ko'rinadi.


Qiziq holat, UEFA hozircha Millatlar ligasi va Evro-2020 saralashida qoidalarni o'zgartirmadi. Evropa futbolining mutasaddilari bunga quyidagicha izoh berishdi:

"Qisqa vaqt ichida qoidalarni o'rganishda chalkashliklar yuzaga kelmasligi va bahsli vaziyatlar bo'lmasligi uchun yangi mavsum boshigacha ushbu qoidalardan foydalanmaslikka qaror qildik".


Hozircha UEFA bayrog'i ostidagi barcha turnirlar eski qoidalar bo'yicha o'tkazilyapti. Biroq ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida yangi qoidalar amalda.


O'zbekiston Superligasida yangi qoidalar qachon qo'llaniladi deysizmi? Yangi qoidalar 1 iyundan kuchga kirdi, bu payt esa O'zbekiston chempionatining deyarli yarmi o'tib bo'lgan edi. SHu sababli turnir o'rtasida tushuntirish o'tkazib, futbolchilarni chalg'itmaslik uchun yangi qoidalar kelasi mavsumdan qo'llaniladigan bo'ldi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика