Bussufa “Al-Shabab” futbolchisiga aylandi

5 yanv 2019, 08:53
“Anji” hamda “Lokomotiv” sobiq futbolchisi Muborak Bussufa Saudiya Arabistoni jamoasida to'p suradigan bo'ldi.

Marokash terma jamoasining 34 yoshli yarim himoyachisi Ar-Riyodning “Al-Shabab” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bussufa so'nggi ikki mavsumni BAAning “Al-Jazira” klubida o'tkazgandi.

Ayni damda “Al-Shabab” mamlakat chempionati musobaqa jadvalida 15 turdan so'ng 29 ochko jamg'arib 3-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/alshabab