Buskets: "Messisiz 5:1 hisobida g'alaba qozonish - "Barselona" uchun ajoyib natija"

Aslanov Jasurbek
29 okt 2018, 14:56
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets "Real"ga qarshi bo'lib o'tgan LaLiganing 10-tur uchrashuvi (5:1) haqida fikr bildirdi.

"Messisiz 5:1 hisobida g'alabaga erishish - ajoyib natija. Muammolar paydo bo'lsa bizga Leo yordam beradi, ammo jamoa bu bahsda o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. "Real"ning bosimiga dosh bersak, bizda vaziyatlar bo'lishini bilgan edik. Shunday ham bo'ldi. Qarshi hujumlar amalga oshirdik va gollar bizga ishonch bag'ishladi" - deydi Buskets.

LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com