Buskets Manchester Sitiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Narzulla Saydullayev
5 mar 2015, 07:57
Barselona yarim himoyachisi Serxio Buskets Ispaniya kubogi doirasida Vilyarrealga qarshi bahsda (3:1) jarohat oldi.
26 yoshli futbolchining jarohati jiddiyligi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Buskets maydonni shifokorlar yordamida tark etdi.

Shunday qilib, yarim himoyachining YCHL 1/8 finali doirasidagi Manchester Sitiga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida. Bu bahs 18 mart kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru