Buskets: "Gavining saviyasi yuqori. Uning kelajagi porloq"
16 jan 2023 14:39
Yangiliklar


Buskets: "Gavining saviyasi yuqori. Uning kelajagi porloq"
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets Ispaniya Superkubogi finalida "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (3:1) jamoadoshi Gavining o'yini haqida gapirdi.
18 yoshli xavbek oxirgi uchrashuvda 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Gavi? Bilasizmi, u raqobatbardosh va juda yosh. Bu yoshda ko'pchilik yoshlar jamoasida o'ynaydi va u aql bovar qilmas darajani ko'rsatadi, golli uzatma beradi, gol uradi. Uning kelajagi porloq va o'sish uchun ko'plab imkoniyatlar bor. Umid qilamanki, u "Barselona"da yangi davrni belgilovchi futbolchiga aylanadi", – dedi Buskets.
Gavi joriy mavsum Kataloniya klubi safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.
"Barselona" Ispaniya chempionatining 16-turidan keyin 41 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar