Buskets “Barselona”da 500-uchrashuvni o'tkazdi
25 noy 2018 09:27
Yangiliklar
Buskets “Barselona”da 500-uchrashuvni o'tkazdi
Ispaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan “Atletiko” – “Barselona” (1:1) uchrashuvida kataloniyaliklar etakchisi Serxio Buskets jamoasi safida 500-uchrashuvni o'tkazdi.
Bu ko'rsatkich borasida u “Barselona” tarixida ettinchi pog'onada bormoqda. Undan oldinga pog'onalarda Viktor Valdes (535 uchrashuv) bormoqda. Ushbu ro'yxatda Xavi (769) etakchilik qilmoqda.
“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanagn Buskets 2008 yildan buyon jamoada to'p tepib kelmoqda.500 ta uchrashuvda u 13 ta gol urishga erishgan. Kataloniyaliklar safida u etti karra Ispaniya chempioni, olti marta mamlakat kubogi sohibiga aylangan. SHuningdek, uch marta Evropa CHempionlari ligasida g'olib chiqqan. Futbolchining shartnomasi 2023 yilga qadar amalda bo'ladi.
Fikrlar