“Bunyodkor”ning OCHLdagi raqibi mag'lub bo'ldi
10 fev 2017 01:27
Yangiliklar
“Bunyodkor”ning OCHLdagi raqibi mag'lub bo'ldi
OCHL-2017 musobaqasi “S” guruhida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan kuch sinashadigan “Al Ayn” (BAA) klubi o'z milliy chempionatida mag'lub bo'ldi.
Zlatko Dalich boshchiligidagi jamoa BAA chempionatining 18-turida kutilmaganda o'z maydonida chempionat autsayderlaridan biri “Al Fujayra” klubiga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 40-daqiqasida mezbonlar hujumchisi braziliyalik Kayo o'yinda hisobni ochgan bo'lishiga qaramay, ikkinchi bo'limda dastlab Holid Abdulrahmon o'z darvozasini ishg'ol etdi. 76-daqiqaga kelib “Fujayra”ning braziliyalik forvardi Bruno Moraes mehmonlarga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.
Ayni paytda “Al Ayn” BAA chempionatida 18 uchrashuvdan 37 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar