So’nggi yangiliklar

13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  0 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0

“Bunyodkor”da yoshi “urilgan” futbolchi aniqlandi. Ish prokuraturaga oshirildi Yangiliklar

“Bunyodkor”da yoshi “urilgan” futbolchi aniqlandi. Ish prokuraturaga oshirildi

Teglar :  Bunyodkor
2023 yilgi mavsumda 296 nafar futbolchi ilk professional shartnomasini tuzgandi.

Liga keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti bilan hamkorlikda mazkur futbolchilar malumotlarini o'rganishga kirishdi.

O'rganishlar natijasida 3 nafar futbolchining hujjatlarida tug'ilgan yili yuzasidan tafovut borligi aniqlangandi. Mazkur futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazgan Superliganing ikki klubi hamda futbolchilarning o'zi bu haqda rasman ogohlantirildi. Liga futbolchilarga muddat taqdim etib, barcha masala qonun doirasida hal etilishi lozimligini tushuntirdi.

Mazkur 3 futbolchidan 2 nafari o'z aybiga iqror bo'lib, masalani qonun doirasida hal etdi. "Bunyodkor" klubining U-19 jamoasi safida ro'yxatdan o'tgan futbolchi esa Liga tomonidan berilgan muddat ichida ishni hal qilmadi. Ayni vaqtda futbolchi Bunyodkor bilan birga emas. SHunga qaramay, uning boshqa klub safida ehtimoliy ro'yxatdan o'tishi inobatga olinib, Liga Samarqand viloyati prokuraturasiga rasmiy murojaat yo'lladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-son Farmonida mamlakatda futbolni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan muammolar sifatida xalqaro va milliy darajadagi futbol musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarning biologik yoshini suniy kichraytirish kabi salbiy holatlarning mavjudligi qayd etilib, bunday holatlar oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Futbolchilar va ayniqsa ularning ota-onalari bu kabi illat yaxshilikka olib kelmasligini tushunib etishi kerak. Bugunga kelib Liga Adliya vazirligi bilan mazkur muammoga muntazam ravishda echim izlab kelayotgani sir emas. So'nggi to'rt yilda Liga ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchilar ro'yxatini rasman elon qiladi va keyinchalik ularni o'rganish ishlarini olib boradi. Har yili kamida 2-3 nafar futbolchi bilan bog'liq yuqoridagi holat qayd etiladi va ular keyinchalik ham noto'g'ri yo'nalishda davom etishining oldi olinadi.

Liga o'rganishlar xulosasiga ko'ra futbolchilar ism-sharifini rasman ochiqlamaydi va ularning karerasi masalasida qayg'uradi. Futbolchining ota-onasi bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. SHunga qaramay vaziyat hal etilmasa, Liga tegishli organlarga rasmiy murojaatnoma yo'llaydi. Endilikda Liga vaziyatni kuzatishda davom etadi va u o'nglangach, futbolchi bilan bog'liq ish O'FA tegishli qo'mitasiga oshiriladi. Zero barcha uchun bir bo'lgan talab ijrosi o'z vaqtida taminlanmasa, Liga bu ishni o'zi istamagan ko'rinishda bo'lsada oxiriga etkazadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика